O‘zbekiston | 21:34 / 21.02.2020
4190
4 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda tashqi reklama bozori tartibga solinadi

Ush6y qaror qabul qilingunga qadar qonuniy ravishda o‘rnatilgan barcha tashqi reklama obektlarini (konstruksiyalarini) mazkur qaror talablariga moslashtirish uchun mazkur qaror qabul qilingan sanadan boshlab olti oy muddat beriladi.

Vazirlar Mahkamasining Tashqi reklama bozorini tartibga solish to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.

Qaror bilan Tashqi reklama obektlarini (konstruksiyalarini) qurish tartibi to‘g‘risidagi nizom;

Tashqi reklama obektlarini (konstruksiyalarini) qurish uchun beriladigan yer uchastkalari, davlat mulki bo‘lgan bino va inshootlar ro‘yxatini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom;

Tashqi reklama obektlarini (konstruksiyalarini) yer uchastkalari, davlat mulki bo‘lgan bino va inshootlarda qurish huquqini elektron auksion orqali berish tartibi to‘g‘risidagi nizom;

O‘rnatilgan tashqi reklama obektlari (konstruksiyalari) uchun to‘lovlar miqdorini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom;

Tashqi reklama obektlari (konstruksiyalari) xavfsizligining umumiy texnik reglamenti tasdiqlandi.

Hujjatda belgilanishicha,  

a) mazkur qaror qabul qilingunga qadar qonun hujjatlariga muvofiq tashqi reklama obektlarini (konstruksiyalarini) o‘rnatish uchun tuzilgan shartnomalar, berilgan pasportlar, guvohnomalar, sertifikatlar, ruxsatnomalar va huquqni belgilovchi boshqa hujjatlarning amal qilishini uzaytirish:

yer uchastkalaridagi tashqi reklama obektlari (konstruksiyalari) uchun 10 yil muddatga, davlat mulki bo‘lgan bino va inshootlardagi tashqi reklama obektlari (konstruksiyalari) uchun 5 yil muddatga Davlat xizmatlari markazlari orqali reklama joylari pasportlarini berish;

o‘rnatilgan tashqi reklama obektlari (konstruksiyalari) uchun to‘lovlar miqdorini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovada ko‘rsatib o‘tilgan bir martalik yig‘im summasini to‘lash orqali amalga oshiriladi hamda ushbu mablag‘lar bir yil davomida har oy teng taqsimlangan holda tumanlar (shaharlar) mahalliy budjetiga o‘tkaziladi;

b) qalbakilashtirilgan hujjatlardan foydalanilgan holda tashqi reklama obektlariga (konstruksiyalariga) olingan pasportlar, guvohnomalar, ruxsatnomalar va huquqni belgilovchi boshqa hujjatlar, shuningdek, tegishli vakolatli organning qarorisiz o‘rnatilgan tashqi reklama obektlari (konstruksiyalari) bo‘yicha hujjatlarning muddatini uzaytirishga ruxsat berilmaydi va ular haqiqiy emas deb hisoblanadi:

v) yer uchastkalariga o‘rnatilgan video ekranli tashqi reklama obektlari (konstruksiyalari) uchun ushbu bandning “a” kichik bandida ko‘rsatilgan muddat qo‘shimcha ravishda 10 yilga uzaytiriladi;

g) yer uchastkalariga o‘rnatilgan video ekranli tashqi reklama obektiga (konstruksiyasiga) tashqi reklamani joylashtirish huquqi uchun mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilanadigan yig‘im miqdoriga 0,5 koeffitsiyent qo‘llaniladi;

d) milliy bayramlar, xorijiy davlatlar rahbarlarining davlat tashriflari va boshqa davlat tadbirlariga oid axborot tashqi reklama obektlarida (konstruksiyalarida) joylashtirilganda, tashqi reklamani joylashtirish huquqi uchun oylik yig‘im miqdori tegishli hokimlik qaroriga binoan joylashtirilgan kunlarga mutanosib ravishda kamaytiriladi;

ye) ush6y qaror qabul qilingunga qadar qonuniy ravishda o‘rnatilgan barcha tashqi reklama obektlarini (konstruksiyalarini) mazkur qaror talablariga moslashtirish uchun mazkur qaror qabul qilingan sanadan boshlab olti oy muddat beriladi va shu muddatda belgilangan talablarga moslashtirilmagan reklama obektlari (konstruksiyalari) ularning egalari tomonidan ixtiyoriy ravishda o‘z kuchi bilan olib tashlanadi (demontaj qilinadi) hamda yer maydoni tartibga keltiriladi, aks holda qurilmalar sud tartibida tegishli hokimlik tomonidan demontaj qiliiadi va barcha xarajatlar reklama obektlari (konstruksiyalari) egalaridan undiriladi.

j) mazkur qaror talablariga muvofiq holda bitta reklama joyida bir nechta tashqi reklama obektlari (konstruksiyalari) qurilgailigi va ular turli tadbirkorlik sub'yektlariga tegishli ekanligi aniqlangan taqdirda, qayta elektron auksion o‘tkazish orqali ushbu joyda faqat bitta tashqi reklama obektini (konstruksiyasini) qurish huquqi beriladi.

Mavzuga oid

E`lonlar