Jahon | 18:47 / 22.02.2020
5967
1 daqiqa o‘qiladi

Italiyada koronavirus yuqtirgan ikki kishi vafot etdi

Bu Yevroittifoq hududidagi mamlakatlardan birining fuqarolari koronavirusdan vafot etgan ilk holatdir. Avvalroq Parijda Xitoy fuqarosi vafot etgandi.

Foto: NurPhoto / Getty Images

Italiyada koronavirusdan o‘lish bilan bog‘liq ikkita holat qayd etildi.

ANSA agentligining xabar qilishicha, Paduya shahridagi kasalxonada 78 yoshli italiyalik, qurilish kompaniyasining sobiq egasi Adriano Trevisan vafot etgan. U Skyavoniya kasalxonasiga og‘ir ahvolda keltirilgan bo‘lgan.

Keyinroq mamlakat shimolida joylashgan Lombardiyada yashaydigan ayol vafot etgani ma'lum qilindi.

Bu Yevroittifoq hududidagi mamlakatlardan birining fuqarolari koronavirusdan vafot etgan ilk holatdir. Avvalroq Parijda Xitoy fuqarosi vafot etgandi.

Paduya shahrida esa koronavirusga chalingan 67 yoshli erkak kasalxonaga yotqizilgan.

Italiyada koronavirusga chalinganlarning aksariyati Lombardiya hududidan – bu yerda 16 kishida koronavirus aniqlangan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid