Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyaga elektron sigaret va chilimlar olib kirish taqiqlandi
Avvalroq AQSh kasalliklar profilaktikasi va nazorat markazi elektron sigaret chekuvchilar orasida o‘pka va respirator kasalliklariga chalinish ko‘payib borayotganligini bildirgandi.
Turkiya hukumati elektron sigaret, elektron chilimlar, ularning tarkibiy qismlari va aralashmalarini olib kirishni taqiqladi. Bu haqda mamlakat savdo vaziri Ruxsor Pekjan ma'lum qildi.
"Bugun prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an tomonidan imzolangan elektron sigaret, elektron chilimlar, ularning tarkibiy qismlari va aralashmalarini olib kirishni taqiqlash to‘g‘risidagi qonun rasman e'lon qilindi", - deb yozdi u o‘zining Twitter sahifasida.
Vazir elektron sigaretlarning salomatlik uchun xavfli ekanligini ta'kidlab o‘tgan.
Avvalroq AQSh kasalliklar profilaktikasi va nazorat markazi elektron sigaret chekuvchilar orasida o‘pka va respirator kasalliklariga chalinish ko‘payib borayotganligini bildirgandi.
Kasalliklarning ehtimoliy sababi Ye vitamini va moy aralashmasi deb aytilmoqda.
Kanadada ham elektron sigaret chekuvchi o‘smirda nafas olish yo‘llarining jiddiy zararlanishi aniqlangandi.
Mavzuga oid
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
22:23 / 08.06.2026
Harbiy tibbiyot sohasida Turkiya bilan hamkorlik rivojlantiriladi
13:14 / 07.06.2026
Olti yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada ushlandi
16:20 / 26.05.2026