Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FVV Buxorodagi yong‘in haqida qo‘shimcha ma'lumot berdi
Yong‘inni bartaraf etishga 15ta asosiy, 2ta maxsus yong‘in o‘chirish avtomobillari va 20tadan ortiq yordamchi texnikalar jalb qilingan
Foto: Videodan kadr
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Buxoro viloyatida savdo binolarida sodir bo‘lgan yong‘in haqida qo‘shimcha ma'lumot taqdim etdi.
Joriy yilning 26 fevral kuni soat 22:37da Buxoro shahar B.Naqshband ko‘chasida joylashgan savdo binolarida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.
Yong‘inni bartaraf etishga 15 ta asosiy, 2 ta maxsus yong‘in o‘chirish avtomobillari va 20 tadan ortiq yordamchi texnikalar jalb qilinib, soat 00:40da yong‘inni tarqalishi oldi olindi va soat 01:30da batamom o‘chirildi.
Yong‘in maydoni 520 kv.m.ni tashkil etdi. Yong‘in natijasida halok bo‘lganlar va tan jarohati olgan shaxslar mavjud emas.
“Hurmatli fuqarolar, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishingizni so‘raymiz”, - deyiladi ma'lumotda.
Avvalroq, Buxoroda yirik yong‘in sodir bo‘lgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
17:40 / 30.04.2026
Buxorodagi tarixiy majmua oldida noqonuniy targ‘ibot: MMA turniri bannerida onlayn qimor o‘yini logotipi ham bor
09:15 / 30.04.2026
Buxoro va Surxondaryoda Afg‘onistondan kontrabanda qilingan opiyning katta partiyasi aniqlandi
16:29 / 24.04.2026
“Buxoro bo‘yicha alohida yig‘ilamiz” – Madaniy meros agentligi Buxoro etnoturistik markazi haqidagi savolni javobsiz qoldirdi
20:10 / 18.04.2026