Şanba kuni Janubiy Koreyada koronavirusdan zararlanganlar soni keskin ösdi. Ayni vaqtda mamlakatda virus yuqtirganlar soni 3,5 mingga yetgan va bu mamlakat bemorlar soni böyiça Xitoydan keyingi ikkinçi örinda turibdi. Hukumat virusga qarşi kuraşga armiyani safarbar qilgan.

Harbiy xizmatçilar mamlakat janubi-şarqidagi Tegu şahrini dezinfeksiya qiliş işlarini amalga oşirişmoqda, uşbu şahar mamlakatdagi virus tarqalişi öçoği bölgandi. Hukumat «Sinçxonçji» diniy sektasi a'zolarini virus tarqalişi manbai deb hisoblamoqda, ular mamlakatda virus tarqala boşlaganidan keyin ham Tegu ommaviy marosimlar ötkazişgan.

Juma kuni Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti koronavirusning global xavfini «juda yuqori» darajaga kötargandi. JSST boş direktori Tedros Gebreyyeses agar virus tarqalişi oldi olinsa, epidemiya töxtatilişi mumkinligini ta'kidladi. U kasallikka qarşi vaksinalarning dastlabkilari bir neça hafta içida çiqişini ma'lum qildi. «Dunyoda 20dan ortiq vaksina işlab çiqilmoqda va bir qator dorilarning klinik tadqiqotlari olib borilmoqda», dedi u.

Jahondagi vaziyat
Yana köplab davlatlar öz hududida koronavirusdan zararlanişning ilk holatlari haqida ma'lum qilmoqda. Xitoyning özida esa virusdan zararlaniş holatlari qayd etilişi ösayotgani yöq.

Xitoydan taşqarida virus tarqalişi körsatkiçi

AQŞning ğarbiy ştatlari - Kaliforniya, Oregon va Vaşingtonda - virusdan zararlanişning yana tört holati qayd etilgan, lekin bu bemorlar boşqa davlatlardan kelganlar bilan aloqada bölmagan.

JSST ma'lumotiga köra, AQŞda koronavirusdan zararlanişning jami 62 holati tasdiqlangan.

Avstraliyada ham koronavirusdan ilk ölim holati qayd etildi. Undan «Daymond prinsess» kemasida bölgan 78 yoşli erkak vafot etgan. Erkak va uning 79 yoşli rafiqasi bir haftaça avval koronavirus tarqalişi qayd etilgan kemadan evakuatsiya qilingan. 

Ayni vaqtda «yaşil qit'a»da koronavirusga çalingan 25 kişi aniqlangan.