U Toshkentdagi Respublika bolalar onkologiyasi markaziga amalga oshirilgan qo‘shma tashrif chog‘ida Ziroat Mirziyoyeva rahbarlik qilayotgan Zamin fondi faoliyatini yuksak baholadi.

Tedros Gebreyyesusning ta’kidlashicha, aynan Ziroat Mirziyoyeva rahbarligida fond bolalar onkologiyasi sohasida tibbiy xizmatlar sifatini keng miqyosda yaxshilashda muhim o‘rin tutmoqda. Shuningdek, mamlakat bo‘ylab Mehrli Maktab gospital maktablari tarmog‘ini yo‘lga qo‘yishda ham fondning hissasi katta bo‘ldi.

Qayd etilishicha, birinchi xonim tashabbuslari tufayli shifokorlar va pedagoglar sa’y-harakatlari birlashtirildi. Natijada onkologik kasallikka chalingan bolalar nafaqat zamonaviy davolanish, balki uzluksiz ta’lim va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash imkoniyatiga ham ega bo‘lmoqda.

Bu esa ularning sog‘ayishi va kelajakda to‘laqonli hayot kechirishi uchun muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.