Trampning saylovoldi dasturi
AQŞ prezidentligiga respublikaçilar partiyasidan öz nomzodini qöygan Donald Tramp 2016 yilning yozida saylovçilar bilan uçraşganda ilk marta Xitoyni tanqid qilib, bu davlatni valuta qallobliklarida ayblab çiqqandi. Öşanda Tramp «Biz Xitoyga mamlakatimizni zörlaşda davom etişiga yöl qöya olmaymiz. Bu holatni özgartiramiz. Bizda hamma kartalar bor, şuni unutmang», degan edi u.

Tramp prezidentlikka saylangaç uning Xitoy manziliga yoğdirayotgan tanqidlari keskinlaşdi va u bu davlat mahsulotlariga solinayotgan boj miqdorini oşiriş lozimligi haqida gapira boşladi. 2018 yil 23 yanvarda Tramp AQŞga olib kiriladigan quyoş batareyalari va uy-rözğor texnikalari uçun boj miqdorini 30 foizga oşiradi. Tabiiyki, bunday buyumlar AQŞga asosan Xitoydan olib kiriladi.
2018 yil apreliga kelib Xitoydan AQŞga olib kiriladigan ma'lum turdagi mahsulotlarning birinçi 50 milliardlik qismi uçun bojxona tölovlari 25 foizga oşiriladi. Umumiy röyxatga 1 300 xil mahsulot kiritiladi. AQŞning bu işiga Xitoy tomoni ham qarab turmaydi, xitoyliklar darhol AQŞdan keladigan göşt, mevalar va yana ayrim mahsulotlar uçun bojni oşiradi.
Keyinçalik Tramp AQŞga kiritiladigan Xitoy mahsulotlarining dastlabki 200 milliard, söng dastlabki 250 milliard dollarlik qismiga 25 foiz boj soliş haqida qaror çiqardi. Şu tariqa, Xitoy va AQŞ örtasida «savdo uruşi» boşlanib ketadi.
Xitoy ham qaysarlarça AQŞ mahsulotlaridan olinadigan bojni oşiraverdi, ammo kuçlar teng emasdi. Şu tufayli 2018 yilda boşlangan «savdo uruşi»dan keyin 2019 yilda ikki davlat örtasidagi savdo aylanmasi biroz pasaydi va 541,22 milliard dollarni taşkil etdi.
Savdo uruşidan yutgan tomon Vetnam böldi(mi?)
Vetnam iqtisodiyoti bir neça yillardan buyon muttasil ösib keladi, ayniqsa sönggi ikki yilda. 2018 yil xalqaro moliya taşkilotlari bu mamlakatdagi iqtisodiy ösiş 6,7 foiz bölişini prognoz qilgandi. Yil oxiriga kelib körsatkiç kutilganidan ham yuqori körsatkiçlarni qayd etayotgani ma'lum böldi. 2019 yil esa Vetnam YaIM hajmi 7,02 foizga ösdi. Vetnam iqtisodiyotining sönggi ikki yilda oldingi yillardagiga qaraganda sezilarli farq bilan ösganiga AQŞ va Xitoy örtasidagi «savdo uruşi» qisman sabab böldi.
Vetnam-AQŞ, Vetnam-Xitoy savdo körsatkiçlari oşişi

AQŞ va Vetnam örtasidagi siyosiy va iqtisodiy aloqalar Vetnam uruşidan 20 yil ötib 1994 yilda qayta tiklangaç bir maromda rivojlanib kelmoqda. 2018 yilning ikkinçi yarmidan bu davlatlar örtasidagi savdo körsatkiçlari hajmi keskin oşa boşladi. AQŞ Xitoy mahsulotlariga 25 foizlik boj joriy etganidan söng Vetnam AQŞga eksport hajmini oşirdi. 2019 yilda eksport hajmi yanada oşdi.
Şuningdek, Vetnamga Xitoy va AQŞdan köp miqdorda investitsiya kirib kela boşladi. Sodda tilda aytganda, Xitoy kompaniyalari AQŞning bojlaridan qoçiş uçun işlab çiqariş korxonalarini yoppasiga Vetnamga köçira boşladi. Xuddi şu işni Xitoyga mahsulot sotadigan AQŞ kompaniyalari ham qildi. Ba'zi mahsulotlar tayyor holda Vetnamga keltirilib, ularga şunçaki Made in Vietnam yorliği bosgan holda AQŞ yoki Xitoyga jönatilayotgani haqida ham ma'lumotlar bor. Natijada Vetnam iqtisodiyoti ösa boşladi.
Financial Times naşri bergan ma'lumotga köra, 2019 yilning dastlabki tört oyida Vetnamning AQŞga eksport hajmi 40 foizga oşgan. Öz navbatida, bu davrda Xitoyning AQŞga eksport hajmi 13 foizga kamaygan.
«Biz joriy etgan bojga duç kelayotgan köpgina kompaniyalar öz korxonalarini Xitoydan Vetnamga va Osiyoning boşqa mamlakatlariga köçirib ketmoqda. Mana, Xitoy nega biz bilan savdo kelişuvi tuzişga oşiqayotganining sababi»,— deb yozadi Tramp bu haqda özining tvitterdagi sahifasida.
2018-2019 yillarda Vetnamning AQŞga eksport hajmining oşiş sabablari haqida yozgan The Wall Street Journal naşriga köra, aksariyat eksportçilar Xitoy mahsulotlarini Vetnamga olib kelib, söng uni qadoqlab yoki qadoqlangan bölsa yorliqlarini almaştirib AQŞga Vetnam mahsuloti sifatida çiqarmoqda. Aslida esa ular şunçaki reeksport (bir mamlakat mahsulotini import qilib olib kirib, ikkinçi davlatga eksport qiliş iqtisodiy tilda şunday deb ataladi) bilan şuğullanmoqda.
«Trampning tvitterda yozgan gaplariga qaraganda Vetnamdagi holat uni qoniqtiryapti. Muammo şundaki, Trampning hozirgi savdo strategiyasi uzoq yillik emas. Bojni hammaga joriy qiliş yoki heç kimga joriy qilmaslik kerak. Agar boj birgina Xitoyning öziga joriy qilinsa, estafeta tayoqçasini boşqalar ilib ketadi», degan edi Xitoy mahsulotlari Vetnam orqali AQŞga eksport qilinayotganiga izoh bergan Pictet Wealth Management iqtisodçisi Tomas Koster öşa paytda.
AQŞ bilan iqtisodiy munosabatlari yaxşi bölgan Vetnam hukumati iqtisodiy qinğirliklarga qarşi qat'iy kuraş olib borişini bildirgan. Lekin Vetnamning juda katta hududda dengiz çegaralari borligi sababli AQŞga reeksport böladigan Xitoy mahsulotlari öz hududiga kirib kelişini va AQŞga eksport qilinişini nazorat qilişiga işoniş qiyin. Birinçidan, Xitoy haddan taşqari qudratli davlat, ikkinçidan, bunday öziga xos transfer maydoniga aylaniş Vetnam iqtisodiyotiga foyda keltirmoqda.
2019 yilning dastlabki beş oyi davomida Xitoydan Vetnamga kompyuter va boşqa elektronika buyumlar eksporti 2018 yilning şu davriga nisbatan 80,8 foizga oşgan. Şuningdek, maşinasozlik aşyolari va boşqa mahsulotlar eksporti ham köpaygan. Xitoy va AQŞ örtasidagi savdo urişidan ayniqsa Vetnamdagi port egalari yaxşi foyda körişmoqda.
Şu örinda aytiş kerak, bunday hodisa Vetnam bilan ilk marta sodir bölayotgani yöq. Bir neça yil avval AQŞ Xitoydan import qilinadigan pölatga yuqori tarifli boj joriy qilganida Vetnam Xitoy pölatini AQŞga reeksport qiliş bilan şuğullangan.
Vetnamning Xitoy mahsulotlarini AQŞga reeksport qilayotgani tufayli bu mamlakat haqida salbiy fikrga kelib bölmaydi. Qandaydir davlatlar iqtisodiy sanksiyalarga duç kelganda ularning mahsulotini jahon bozoriga boşqa davlatlar çiqarişi tabiiy hol.Vetnam özi uçun iqtisodiy jihatdan manfaatli bölgan bu savdodan nega keçişi kerak?
Bu holat Belarus bilan ham sodir bölgan. 2014 yil Rossiya-Ukraina mojarolaridan keyin Ğarb davlatlari Rossiyaga, Rossiya esa ularga qarşi iqtisodiy sanksiyalar e'lon qildi, tomonlar özaro mahsulot almaşişni töxtatdi. Öşanda Belarus Şarqiy Yevropa mamlakatlaridan turli mahsulotlarni import qilib, söng Rossiyaga kirita boşlaydi.
2015 yilda Turkiya Suriyada Rossiya samolyotini urib tuşiradi. Bu voqeadan söng Rossiya Turkiya mahsulotlarini öz hududiga kiritmay qöydi. Öşanda Turkiya mahslotlari Rossiyaga Belarus, Moldaviya, Armaniston, Ozarboyjon va Qozoğiston orqali olib kiriladi.
Bir mamlakat ikkinçisiga iqtisodiy sanksiya qöyiş yoki uning mahsulotlariga baland boj belgilaşida avvalo öşa mamlakat mahsulotiga ikkinçi mamlakat aholisi tomonidan talab bor-yöqligi muhim. Agar talab yuqori bölsa, öşa mahsulotlar har qanaqasiga olib kiriladi. Masalan, Xitoy mahsulotlariga AQŞda talab yuqori, şu bois Xitoy korxonalari Vetnam orqali çeklovlarni çeklab ötmoqda.
Vetnam iqtisodiyoti AQŞ-Xitoy savdo uruşiga qarab qolmagan

Agar Vetnam tarixiga nazar solsak, bu davlat SSSR boşliq bölgan «sotsialistik lager»da yurganida qoloq, sanoat rivojlanişi sust, iqtisodiyoti qişloq xöjaligiga boğliq agrar davlat edi. Sotsialistik tuzum mamlakatni rivojlantira olmasligini tuşunib yetgan Vetnam 1986 yildan bozor iqtisodiyotiga asoslangan iqtisodiyotga öta boşlaydi. Şundan söng 1990-97 yillarda mamlakat iqtisodi har yili örtaça 9 foizdan ösadi.
1991 yilda Vetnamga 2 milliard AQŞ dollari miqdorida çet el investitsiyasi kiritilgan bölsa, 1997 yilga kelib bu körsatkiç 32 milliard dollarga yetadi. Sönggi yillarda Vetnamga jahonning eng közga köringan Samsung, LG, Panasonic, Intel, Fuji Xerox kabi kompaniyalari katta miqdorda investitsiya kiritdi. Bugun Samsung kompaniyasi jahon böylab sotilayotgan mobil qurilmalarining katta qismini Vetnamda işlab çiqaryapti.
Mamlakatning rasmiy nomi «Vetnam sotsialistik respublikasi» deb atalgani bilan bu mamlakat bozor iqtisodiyoti va xususiy mulkçilikka asoslangan iqtisod yuritmoqda. Vetnam aholisi 100 millionga yetgani va bu yerda köp millionli arzon işçi kuçi borligi, geografik qulay joyda joylaşgani ham bu mamlakatga katta miqdorda investitsiyalar kirib kelişiga sabab bölmoqda.
2019 yil Vetnamning eksport-import körsatkiçlari ilk marta 500 milliard dollardan oşdi. Yalpi içki mahsulot hajmi esa 250 milliard dollarga yetdi. Vetnam YaIM hajmi ösiş körsatkiçlari oxirgi ön yilda 6,5-7 foizdan ösyapti.
Xulosa şuki, Vetnam iqtisodi AQŞ-Xitoy savdo uruşi boşlangunça ham ösib borayotgandi. Ikki yirik davlat örtasidagi iqtisodiy mojaro esa şunçaki körçatkiçlarga qöşimça dinamika qöşdi.
Ğayrat Yöldoş tayyorladi












