Bu haqda Oq uy bayonotida aytib ötilgan.

Prezident Donald Tramp rahbarligidagi ma’muriyatga köra, 2 aprel — «Ozodlik kuni»da prezident barça mamlakatlarga 10 foizlik yagona tarif joriy qilgan, savdo defitsiti eng yuqori bölgan davlatlarga esa alohida yuqori bojlar kiritilgan.

Oq uy ma’lumotiga köra, 75 dan ortiq davlat AQŞ bilan yangi savdo bitimlari yuzasidan muzokaralarga qiziqiş bildirgan. Ammo Xitoy bu çoralarga javob qaytargan yagona davlat sifatida qolgan va şundan söng Pekindan keladigan import mahsulotlariga 245 foizgaça boj joriy etilişi mumkinligi e’lon qilingan.

Tramp ma’muriyati bu bojlar «Amerika xavfsizligini himoya qiliş va savdo şaroitlarini tenglaştiriş» maqsadida kiritilayotganini ta’kidlagan.

Savdo uruşining keyingi bosqiçi qanday keçişi hozirça noma’lum, ammo Pekinning javobi uzoq kuttirmasligi aniq.