Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda tayanch foiz stavkasi koronavirus sababli shoshilinch tarzda pasaytirildi
AQShning federal zaxira tizimi (FZT) dunyo bo‘ylab koronavirus tarqalayotgani va bozorlar qulayotgani bilan bog‘liq holda favqulodda choralarga bordi. FZT shoshilinch yig‘ilishda tayanch foiz stavkasini pasaytirdi. Bu 2008 yilgi global moliyaviy inqiroz vaqtidan beri birinchi marta yuz berdi.
AQShning markaziy banki vazifasini bajaruvchi FZT tayanch foiz stavkasini 0,5 punktga, ya'ni 1-1,25 foizgacha pasaytirdi. Bungacha foiz stavkasi 1,5-1,75 foizni tashkil qilgan.
FZT ushbu qarorni iqtisodiy faollikka qo‘shimcha xatarlar yaratayotgan koronavirus epidemiyasi bilan tushuntirgan.
FZT qarorni e'lon qilishi arafasida Bloomberg axborot agentligi AQSh prezidenti ma'muriyatida amaldorlar koronavirus epidemiyasi oqibatlarini minimallashtirish uchun foiz stavkasini tushirishni talab qilayotganlarini ma'lum qilgan.
Avvalroq Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti koronavirus epidemiyasi sababli global savdo aylanmasi 2020 yilda 3,75 foizga kamayishidan ogohlantirgan.
Mavzuga oid
10:30
Boliviya va AQSh 18 yillik tanaffusdan so‘ng narkotrafikka qarshi hamkorlikni tikladi
09:45
Braziliya sobiq prezidentining o‘g‘li qamoq jazosiga hukm qilindi
09:16
Saida Mirziyoyeva AQSh Eksimbanki va DFC rahbarlari bilan muzokara o‘tkazdi
22:24 / 16.06.2026