Jahon | 17:31 / 09.03.2020
3789
2 daqiqa o‘qiladi

Kashmirdagi o‘q-dorilar saqlanadigan omborxonada portlash yuz berdi

Portlash oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan va yana ikki kishi jarohatlangan.

Hindistonning Kashmir viloyatidagi harbiy o‘q-dorilar saqlanadigan omborxonada portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda Sputnik news xabar bermoqda.

Hindiston Politsiya xizmatining ma'lumotlariga qaraganda, voqea oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan va yana bir necha kishi jarohat olgan. 

Portlash Kashmir janubidagi Xundru deb nomlanuvchi harbiy bazada kelib chiqqan. Xundru Kashmirdagi eng yirik o‘q-dorilar saqlanadigan omborlaridan biri hisoblandi.

«Biz voqea yuz bergan joydamiz, lekin hozircha portlash qanday sodir bo‘lgani to‘g‘risida hech qanday ma'lumotga ega emasmiz. Bunga biroz vaqt zarur», deydi lager rasmiy xodimlaridan biri Shovkat Ahmad OAVga bergan intervyusida.

Jarohat olgan ikki kishi Anantnag tuman kasalxonasiga yotqizilgan.

2007 yilda ham xuddi shunday voqealardan biri sodir bo‘lgan bo‘lib, omborxonadagi tasodifiy yong‘indan so‘ng bir necha kishi halok bo‘ldi edi.

Аброр Зоҳидов
Tayyorlagan Аброр Зоҳидов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid