Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koronavirus tufayli NATOning Norvegiyadagi mashg‘ulotlari bekor qilindi
Hozirga qadar bir nafar harbiyda koronavirus aniqlangan, shundan so‘ng u bilan xizmat qiladigan 850 nafar harbiy karantinga joylashtirilgan. 8 mart kuni Finlyandiya o‘zining 400 nafar askarini chaqirib olishga qaror qildi.
NATOning Norvegiya shimolida bo‘lib o‘tayotgan Cold Response xalqaro mashg‘ulotlari koronavirus infeksiyasi tarqalishi xavfi sababli bekor qilindi. Bu haqda NRK telekompaniyasi xabar berdi.
"Biz ushbu davrda jamiyatni qo‘llab-quvvatlash uchun mudofaa qobiliyatimizni saqlab qolishni istaymiz", - deya mashg‘ulotlar rahbari Rune Yakobsenning so‘zlarini keltirmoqda telekompaniya.
Hozirga qadar bir nafar harbiyda koronavirus aniqlangan, shundan so‘ng u bilan xizmat qiladigan 850 nafar harbiy karantinga joylashtirilgan. 8 mart kuni Finlyandiya o‘zining 400 nafar askarini chaqirib olishga qaror qildi. Mashg‘ulotlarga AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Belgiya, Daniya, Shvetsiya va Norvegiyaning 14 mingga yaqin harbiy xizmatchisi jalb etilgandi.
Norvegiyada keyingi sutkalarda ushbu kasallikka chalinganlar soni keskin oshdi – seshanba yakunlanayotganida mamlakatda 277 kishida koronavirus aniqlangani xabar qilingan bo‘lsa, bugun kun yarmiga kelib kasallik yuqtirganlar soni 430 nafarga yetdi.
Mavzuga oid
10:15 / 08.06.2026
O‘zbekiston NATO sherik davlatlari kunida ishtirok etdi
22:20 / 06.06.2026
NATO Ukrainaga 70 mlrd yevrolik harbiy yordam ajratish masalasini muhokama qilmoqda – OAV
09:37 / 25.05.2026
NATO sammiti oldidan Ukraina bo‘yicha bahslar kuchaydi
08:46 / 22.05.2026