O‘zbekiston | 16:47 / 15.03.2020
20346
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus vahimasini ahmoqlik degan Mask bir haftada 5,5 mlrd dollar yo‘qotdi

Hozirda uning boyligi 31,1 mlrd dollar deb baholanmoqda. Mask Forbes’ning eng boy kishilar reytingida 26-o‘rinda joylashgan. 

Foto: Susan Walsh / AP

Koronavirus borasidagi vahimani ahmoqlik deb atagan SpaceX aerokosmik kompaniyasi asoschisi va Tesla rahbari Ilon Maskning boyligi bir hafta ichida 18 foizga kamaydi, deb xabar berdi Forbes.

Ushbu vaqt davomida Tesla aksiyalari 22 foizga arzonlashib, Mask 5,5 mlrd dollar yo‘qotgan. Hozirda uning boyligi 31,1 mlrd dollar deb baholanmoqda. Mask Forbes’ning eng boy kishilar reytingida 26-o‘rinda joylashgan. 

Mask 6 mart kuni «Koronavirus sababli vahimaga tushish ahmoqlikdir», — deb yozgandi Twitter akkauntida.

Koronavirus tarqalishi Tesla ishiga ham ta'sir ko‘rsatdi. Yanvar oyida Xitoydagi Tesla Gigafactory zavodi ishi vaqtincha to‘xtatildi. Zavod akkumulyatorlar hamda Model 3 va Model Y avtomobillarini ishlab chiqaradi. Mask fevralda yangi koronavirusning avj olishi Tesla kompaniyasiga sezilarli salbiy ta'sir ko‘rsatishini ma'lum qilgandi, deb xabar beradi CNBC.

15 mart kuni Mask SpaceX xodimlariga maktub yo‘llab, qo‘l ostidagilari koronavirusga chalinishi mumkinligiga shubha bildirdi. Uning yozishicha, AQShda ushbu kasallikdan o‘lishdan ko‘ra yo‘l-transport halokatida o‘lish ehtimoli katta. Ammo shunga qaramasdan, u kompaniya xodimlari o‘zlarini noxush sezsa, ishga kelmasliklarini so‘radi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid