Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koronavirus bemorlari soni o‘sishi taxminan 2 yil davom etishi mumkin – Germaniya federal agentligi
Koronavirus pandemiyasi taxminan ikki yil mobaynida tarqalishda davom etishi mumkin. Bu haqda infeksion kasalliklarni tadqiq qiluvchi Germaniya federal agentligi rahbariga tayanib, Reuters xabar tarqatdi.
Robert Kox nomidagi institut prezidenti Lotar Vilerning so‘zlariga ko‘ra, oxir-oqibatda dunyo aholisining 60-70 foizi COVID-19 kasallanib, sog‘ayishi va ularda bu virusga qarshi immunitet paydo bo‘lishi mumkin.
Ammo voqealar rivoji qanchalik tez ro‘y berishini taxmin qilib bo‘lmaydi.
«Hozirchalik taxminimizga ko‘ra, buning uchun ikki yil kerak bo‘ladi», – dedi Viler seshanba kuni matbuot anjumanida.
Uning qo‘shimcha qilishicha, pandemiya davomiyligi ko‘p jihatdan unga qarshi vaksina qanchalik tez yaratilishiga bog‘liq.
«Kasallikning o‘lim bilan tugashi bo‘yicha yakuniy ko‘rsatkich qanday bo‘lishini hozircha ayta olmaymiz», – dedi Lotar Viler.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Germaniya kansleri Angela Merkel dushanba kuni qo‘shimcha qat'iy choralar haqida e'lon qilmaganida, mamlakatda millionlab kishilar koronavirus yuqtirib olishi mumkin edi.
Olimning qayd etishicha, Germaniyada xavf darajasi yuqoriligicha qolmoqda. Bemorlarning beshdan bir qismida kasallik jiddiy shaklda kechyapti.
Ma'lumot uchun, Germaniya koronavirusdan zararlanganlar soni bo‘yicha jahonda oltinchi, Yevropada uchinchi o‘rinda turibdi - mamlakatda 8 mingdan ortiq koronavirus bemori bor, ulardan 20 nafari vafot etdi, 67 kishi sog‘aydi.
Mavzuga oid
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:40 / 09.06.2026
Yevropaning yangi avlod jangovar samolyoti loyihasi to‘xtatildi
11:20 / 08.06.2026
O‘zbekiston fuqarolarini Germaniya mehnat bozoriga jalb etish kengaytiriladi
08:40 / 06.06.2026