O‘zbekiston | 21:25 / 17.03.2020
10385
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiyadan O‘zbekistonga qaytishni istagan fuqarolar ro‘yxatini shakllantirish boshlandi

16 mart kuni O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi va Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi “Istanbul-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha charter reyslar uchun hamyurtlarimiz ro‘yxatlarini shakllantirish jarayonini boshladi.

Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.  

Shu munosabat bilan diplomatik vakolatxonalar vatandoshlarga pasport va chipta nusxalarini hamda telefon raqamlarini +90 537 668 49 60 (Telegram va Whatsap messenjerlari)ga taqdim etishlarini so‘raydi.

Ayni paytda Turkiyada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari bilan aloqa o‘rnatish uchun Bosh konsulxonada quyidagi telefon raqamlari ishlamoqda: +90 212 323 20 36, +90 212 323 2037, faks +90 212 323 20 40.

Charter reyslar uchun ro‘yxatdan o‘tish va vatanga qaytish Bosh konsulxona tomonidan “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi vakillariga taqdim etilgan ro‘yxatlarga muvofiq amalga oshiriladi.

Ayni paytda Turkiyada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari bilan aloqa o‘rnatish uchun Bosh konsulxonada quyidagi telefon raqamlari ishlamoqda: +90 212 323 20 36, +90 212 323 2037, faks +90 212 323 20 40.

Shu bilan birga, diplomatik vakolatxonalar vatandoshlardan xavfsizlik choralariga rioya qilishni, gavjum joylarga tashrif buyurmaslikni, qo‘llarini tez-tez yuvishni va og‘izlarini chayishni so‘raydi.

Charter reys sanasi to‘g‘risida qo‘shimcha ma'lumot beriladi.

Avvalroq Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekistonga qaytishni istagan fuqarolardan diplomatik vakolatxonalarga murojaat qilishni so‘ragandi.  

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid