Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada qonuniy bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari bu mamlakatda bo‘lish muddatini 90 kunga cho‘zishlari mumkin
Patentga ega mehnat migrantlari Rossiyani tark etmasdan turib ham ikkinchi yilga patentlarini cho‘zish mumkin.
Rossiyada qonuniy bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari qanday maqsadda kelganidan qat'i nazar bu mamlakatda bo‘lish muddatini 90 kunga cho‘zishlari mumkin bo‘ladi. Bu haqda Rossiyadagi o‘zbekistonlik migrantlarga huquqiy yordam berish bilan shug‘ullanib kelayotgan huquqshunos Valentina Chupik Feysbukdagi «My migranty» guruhida ma'lum qildi.
Bu borada Rossiya IIVning migratsiya masalalari bo‘yicha boshqarmasi bilan hukumatlararo kelishuvga erishilgan.
Uning ma'lum qilishicha, patentga ega mehnat migrantlari Rossiyani tark etmasdan turib ham ikkinchi yilga patentlarini cho‘zish mumkin. Buning uchun ular barcha to‘lovlarni amalga oshirgan, yashash joyida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi kerak.
Avvalroq «Kommersant'» nashri O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikistonning RFdagi elchilari bilan bog‘lanib, bu davlatlar o‘z fuqarolariga vatanlariga qaytish yoki karantinni Rossiyada o‘tkazish borasida qanday yordam ko‘rsatayotganiga qiziqqandi.
Nashrning yozishicha, Uzbekistan Airways milliy aviakompaniyasi Moskva va Dubaydan charter reyslar tashkil etilishini va'da qilmoqda. Barcha yo‘lovchilar Toshkentga kelishi bilan ikki haftalik karantinga joylashtiriladi.
O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadovning ma'lum qilishicha, bunday charter reyslarning birinchisi seshanba kuni amalga oshirilgan.
Mavzuga oid
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
18:11 / 12.06.2026
Uzbekistan Airways yonilg‘i tanqisligi tufayli O‘zbekistondan Rossiyaga ayrim parvozlarni qisqartiradi
17:21 / 12.06.2026