― Özbekistonga ham koronavirus kirib keldi. Bu tadbirkorlikka, umumiy ovqatlaniş tarmoqlariga ham öz ta'sirini körsatyapti. Vaziyat qanaqa?

― Bu butun hamjamiyatga kelgan sinov böldi. Özbekistonni ham çetlab ötmadi. Koronavirusgaça va u kelgan davrdagi ahvolni soliştiriş uçun yaqin raqamlarni aytiş ham qiyin hatto. Karantin e'lon qilingan davrning birinçi kuni mijozlarimizning 40 foizini, ikkinçi kuni 50 foizini yöqotdik. Yetkazib beriş xizmati böyiça ham 1-, 2-kunlari 15-20 foiz atrofida yöqotiş böldi. Faollik körsata boşlaganimiz uçun, taşkiliy işlar olib borilgani uçun keçadan beri sal ösiş bölyapti.

Özbekiston böyiça 33ta şoxobça bor ― “Les Ailes”, “Chopar” kafelari, “Nest” qahvaxonalari, “Tarero” burgerxonasi. Kompaniyada jami 700dan ortiq işçi faoliyat yuritadi. Jamoaning 70-80 foizini 30-32 yoşgaça bölgan yoşlar taşkil etadi.

― Mijozlarning kelişi pasayganini va kerakli tadbirlardan söng jonlaniş kuzatilganini aytdingiz. Aynan qanday çoralar körilyapti?

― Qonun doirasida işlaydigan tadbirkor sifatida hukumat çiqargan karantinni qöllab-quvvatladik. Öşa kundan boşlab şoxobçalarga odamlarni jalb qilişni töxtatdik. Köproq e'tiborni özi bilan olib ketiş, manzilga yetkazib berişga qaratdik.

― Savdo hajmining tuşişi nimalarga ta'sir körsatyapti?

― Savdoning 40-50 foiz tuşib ketişi bankrotlikka yaqin jarayon degani. Özbekiston bozorida 6-7 yildan beri öz faoliyatimizni olib borganimiz uçun sal bölsa ham “xavfsizlik yostiği”ning harakatini qilib qöyganmiz. Şu jarayonni uzaytirib borişga kuçimiz yetadi. Birinçi kundanoq xarajatlarni optimizatsiya qildik. Içki  restrukturizatsiya ötkazdik, içki tizimni obdon qayta körib çiqyapmiz. Qayerda nimani iqtisod qilsak böladi. Daromad körmasak ham, holatni uşlab qolişga harakat qilinyapti.

Ba'zi sohalar 1 baravardan 100 baravargaça ösayotgan bölsa, qaysidir sohalar juda ham past darajaga tuşib qoldi. Bu pandemiya butun jahonga kelgan. Bunda bir tomonlama yutib bölmaydi. Bir tomon barça zararni öziga olib, yutib çiqib ketişi qiyin. Bu baloni daf etişda har tomon hamjihat harakat qilişi kerak.

Birinçi tomon ― hukumat. Xizmat körsatiş sohasiga olti oylik, bir yillik soliq ta'tili berilsa, holat yaxşilangandan keyin hisobot topşiramiz. Olti oydan keyin tölaşga imkon berilsa, oyliklarni tölaş, kommunal tölovni uşlab qolişga yordam bölardi.