Andijon şahri Kambağallikni qisqartiriş va bandlik bölimi boşliği işdan olindi. Bu haqda Andijon viloyati Kambağallikni qisqartiriş va bandlik boşqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, bölim boşliği D.U. hamda uning örinbosari S.B. bilan mehnat şartnomasi bekor qilingan. Holat yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.
Keça ijtimoiy tarmoqlarda Andijon şahar Kambağallikni qisqartiriş va bandlik bölimi boşliği ekani aytilgan şaxs iş vaqtida xizmat xonasida giyohvand modda iste’mol qilayotgani aks etgan suratlar tarqaldi. Suratlarda bir kişi baklajkani yarim kesgan holda banka ustiga qöyib, undan çiqqan tutunni tortayotgani aks etgan.
IIV matbuot kotibi Şohrux Ğiyosovning ma’lum qilişiça, ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbiri jarayonida fuqarodan jami 0,69 gr gaşiş giyohvand moddasi olingan. Holat yuzasidan Andijon şahar IIO FMB tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.










