Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Keniyada Germaniyaga jo‘natilishi mo‘ljallangan olti million dona tibbiyot niqobi yo‘qolib qoldi
Mudofaa vazirligi vakili niqoblarning yo‘qolib qolganini tasdiqladi, ammo bu qanday sodir bo‘lganiga izoh bera olmadi.
Keniyada Germaniya shifoxonalari uchun buyurtma qilingan olti million dona tibbiyot niqobi izsiz yo‘qoldi. Bu haqda Spiegel nashri xabar bermoqda.
Gazetaning yozishicha, 20 mart kuni Germaniyaga yetkazib berilishi kerak bo‘lgan FFP2 himoya niqoblari Keniya aeroportida yo‘qolib qolgan. Bundesver ta'minot bo‘limi hisobotida "mahsulot Keniya aeroportida yo‘qolib qolganligi uchun" Germaniyaga keltirilmagani qayd etilgan.
Avvalroq Germaniya hukumati inqiroz shtabi qo‘shinlar uchun vositalar sotib oluvchi bundesver ta'minot bo‘limi sog‘liqni saqlash vazirligi uchun himoya niqoblari sotib olishda logistik ko‘mak berishi lozimligi to‘g‘risida qaror qabul qilgandi. Ta'minot bo‘limi bir nechta tibbiyot ashyolari ishlab chiqaruvchilar bilan 241 million yevrolik shartnoma imzolagan.
Mudofaa vazirligi vakili niqoblarning yo‘qolib qolganini tasdiqladi, ammo bu qanday sodir bo‘lganiga izoh bera olmadi.
Germaniyada koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 27 436ta holat qayd etilgan, 114 kishi vafot etgan, deb xabar beradi Robert Kox instituti.
Mavzuga oid
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:40 / 09.06.2026
Yevropaning yangi avlod jangovar samolyoti loyihasi to‘xtatildi
11:20 / 08.06.2026
O‘zbekiston fuqarolarini Germaniya mehnat bozoriga jalb etish kengaytiriladi
08:40 / 06.06.2026