Huawei’ning 90 foizdan ortiq xodimlari ishga qaytdi
Kompaniyaning koronavirus epidemiyasi markazi bo‘lgan Uhandagi R&D markazi hozircha yopiq, ammo hukumat bu yerda ham epidemiya sababli kiritilgan cheklovlarni olib tashlashni boshladi.
150 ming kishi ishlaydigan Huawei kompaniyasining 90 foizdan ortiq xodimlari ish joylariga qaytdi, deb ma'lum qildi kompaniya asoschisi va bosh direktori Jen Chjenfey The Wall Street gazetasiga bergan intervyusida.
Kompaniya faoliyatining bir qismini 3 fevralda, Xitoy hukumati sanoatning muhim sohalariga ishlab chiqarishni davom ettirishga ruxsat berganidan keyin boshlagandi.
Jen Chjenfeyning so‘zlariga ko‘ra, Xitoydan tashqarida Huawei smartfonlari sotuvi pasaymoqda, ammo bu pasayish o‘rni Xitoydagi yuqori talab evaziga qoplanmoqda. Kompaniya oyiga o‘rtacha 22 mln dona smartfon sotmoqda.
Kompaniyaning koronavirus epidemiyasi markazi bo‘lgan Uhandagi R&D markazi hozircha yopiq, ammo hukumat bu yerda ham epidemiya sababli kiritilgan cheklovlarni olib tashlashni boshladi.
Avvalroq Xitoyda koronavirus bilan kasallanganlarning 90 foizidan ortig‘i tuzalgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
00:06 / 03.11.2024
Time jurnali 2024 yilning eng ahamiyatli ixtirolari ro‘yxatini e’lon qildi
21:12 / 10.09.2024
Huawei dunyodagi birinchi uchta ekranli, buklanadigan smartfonni taqdim qildi
18:53 / 31.10.2023
Huawei kompaniyasi yangi WATCH GT 4 seriyasidagi aqlli soatlari sotuvga chiqdi
12:58 / 14.10.2023