«YeOII – a'zolar o‘rtasida nizo chiqqanda kelishilgan qoidalarga ko‘ra hal eta oladigan tashkilot emas» – «Adolat» SDP
Sotsial-demokratlar YeOIIda kuzatuvchi davlat sifatida ishtirok etish bo‘yicha hukumat taklifini ma'qulladi.

Foto: RJD-Partner
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi «Adolat» SDP fraksiyasi O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi masalasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.
Partiya matbuot xizmatidan Kun.uz'ga ma'lum qilishlaricha, videokonferensiya tarzida o‘tgan yig‘ilishda partiya fraksiyasi maxsus ishchi guruhining dastlabki xulosalari tinglangan.
Ishchi guruh O‘zbekistonning YeOII bilan hamkorligiga oid to‘rtta ijobiy va yana shuncha salbiy jihatlarni xulosa sifatida qayd etgan.
Unga ko‘ra, tashkilotga a'zolikning ijobiy jihatlari quyidagilarda ko‘rinadi:
- A'zolik YeOII davlatlaridagi migrantlar masalasida ayrim ijobiy natijalarni keltirib chiqaradi. Masalan, O‘zbekiston fuqarolari ushbu davlatlarda patent olmasdan ishlash imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin va pul jo‘natmalari hozirgi 4-5 mlrddan 7-8 mlrd AQSh dollariga yetishi kutiladi.
- A'zo davlatlar bilan energetika sohasidagi hamkorlik yaxshi natija beradi.
- Turizm sohasida ham katta imkoniyatlar ochiladi. Xalqaro yuk hamda passajir tashuvlari soddalashtiriladi.
- O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi ortadi. Katta bozorga chiqish va o‘zining mahsulotlarini eksport qilish orqali ayrim tadbirkorlar faoliyati kengayadi.
Maxsus ishchi guruhi o‘tkazgan tahlillarda O‘zbekistonning YeOIIga kirishi bir qancha salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi ham aytilgan. Unga ko‘ra:
- YeOIIga a'zo bo‘lish natijasida O‘zbekiston sanoati (avtomobilsozlik, oziq-ovqat, farmatsevtika va b.) 2 mlrd AQSh dollari atrofida yo‘qotishga uchraydi.
- YeOII davlatlari tashqi savdo siyosatini yetarlicha mustaqil muvofiqlashtirish imkoniyatiga ega emas.
- YeOII oldindan belgilangan qoidalar orqali boshqariladigan va nizolarni kelishilgan qoidalar asosida hal eta oladigan tashkilotga hali aylanib ulugurmagan.
- YeOIIning eng asosiy a'zosi (Ittifoq iqtisodiy potensialining salkam 85 foizini tashkil etuvchi) Rossiya hozirgi kunda xalqaro sanksiyalar va bosim ostida.
Oxirgi 2 yilda rubl bir necha baravar qadrsizlangan. Ushbu mamlakat bilan bitta Ittifoq doirasida hamkorlikka kirishishning esa kelgusida bizning iqtisodiyotimizga salbiy ta'siri mavjud.
«Fraksiya yig‘ilishi yakunida deputatlar YeOIIga O‘zbekistonni a'zo bo‘lib kirishi natijasida vujudga keluvchi oqibatlarning dastlabki sarhisobiga tayangan holda, hozircha faqat kuzatuvchi davlat sifatida kirishini ma'qullashdi», deyiladi xabar yakunida.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yil mart oyiga kelib, O‘zbekiston hukumati YeOIIga kuzatuvchi davlat sifatida qo‘shilishga qaror qildi.
Xulosa va takliflar Oliy Majlisga kiritilgach, o‘tgan hafta parlamentda barcha partiyalar vakillaridan iborat ishchi guruhi tuzildi.
Tavsiya etamiz
Zelenskiydan mamnun, Rossiya zarbalaridan hafsalasi pir bo‘lgan. Trampning oxirgi bayonotlaridan asosiy gaplar
Jahon | 16:21 / 28.04.2025
Turkiyalik erkak operatsiyadan keyin ona tilini unutib, boshqa tilda gapirishni boshladi
Jahon | 19:42 / 27.04.2025
Havo isib ketishi va qurg‘oqchilikka tayyor turishimiz kerak – Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 15:55 / 26.04.2025
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
Jahon | 17:12
-
Wyndham xalqaro mehmonxonalar tarmog‘i Chorvoqda kurort qurilishini e’lon qildi
O‘zbekiston | 17:00
-
Argentinadan boshpana topgan natsistlarga oid hujjatlar maxfiylikdan chiqarildi
Jahon | 16:59
-
Qirg‘iziston Tojikiston bilan chegarani tikanli simlar bilan to‘sishni boshladi
Jahon | 16:52
Mavzuga oid

08:56 / 25.04.2025
O‘zbekistonni qizamiqdan xoli hudud maqomini tiklash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi

13:02 / 24.04.2025
Avtomobillarning noqonuniy ijarasi bilan bog‘liq holat bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi

19:45 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov

19:36 / 22.02.2025