O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari telefon orqali muloqot qildi
Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik va mintaqada pandemiya oqibatlariga qarshi samarali kurashish maqsadida o‘zaro hamkorlik va yaqindan muvofiqlashtirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3 aprel kuni Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
“Suhbat avvalida birodar davlatlar rahbarlari mintaqamizga kirib kelgan yangilanish va yasharish bayrami – Navro‘z munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutlab, ezgu tilaklar bildirdi.
Prezidentlar ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar hamda sheriklikni, birinchi navbatda savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, bank-moliya, madaniyat va ta'lim sohalarida kengaytirishning istiqbolli yo‘nalishlarini ko‘rib chiqdilar.
Erishilgan kelishuvlar, shu jumladan mamlakatlarimiz poytaxtlari o‘rtasida qabul qilingan “yo‘l xaritasi”ni amalga oshirish, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida o‘zaro manfaatli kooperatsiya loyihalarini ilgari surish bo‘yicha qo‘shma fond tashkil etishni jadallashtirish muhimligi qayd etildi”, deyiladi xabarda.
Ma'lum qilinishicha, koronavirus infeksiyasi tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik va mintaqada pandemiya oqibatlariga qarshi samarali kurashish maqsadida o‘zaro hamkorlik va yaqindan muvofiqlashtirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
“Tomonlar mamlakatlarimizda ko‘rilayotgan birinchi navbatdagi preventiv choralar va epidemiologik vaziyatni nazorat qilish tadbirlarini to‘liq qo‘llab-quvvatladilar.
Koronavirusga qarshi kurashishda faol hamkorlikni davom ettirish muhim ekani ta'kidlandi”, deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Davlat rahbarlari, shuningdek, mintaqaviy hamkorlikka oid va xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashdilar.
Mavzuga oid
16:34 / 17.11.2024
Bolalar ombudsmani yosh bolalar xivchin bilan savalangani aks etgan videoga munosabat bildirdi
12:26 / 15.11.2024
Rog‘un GESdagi avariya oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi
19:32 / 07.11.2024
Tramp O‘zbekiston bilan munosabatlarni qanday olib boradi?
17:48 / 06.11.2024