Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda koronavirusdan davolanish necha pulga tushishi ma'lum qilindi
So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, AQShda koronavirusga chalinganlar soni 278 mingdan oshib ketgan bo‘lib, ularning soni Nyu-York shtatining o‘zida 102863 nafarga yetdi.
Koronavirusga chalingan amerikaliklar davolanish uchun bir necha o‘n ming dollar to‘lashlariga to‘g‘ri keladi, deb ma'lum qildi CNBC.
"Koronavirus infeksiyasi bilan kasalxonaga tushganlar agarda tibbiy sug‘urtasi yo‘q bo‘lsa yoki sug‘urta kompaniyasi ularga ko‘rsatilgan tibbiy xizmat sug‘urtada ko‘rsatilmagan deb topsa, 42486 dollardan 74310 dollargacha to‘lashga tayyor turishlari kerak", — deb xabar berdi CNBC FAIR Health mustaqil tashkiloti ma'lumotlariga tayanib.
Bunda, misol uchun, olti kunlik davolanish uchun sug‘urtalanmagan bemorlar 73 300 dollar atrofida, sug‘urtalanganlar esa 38 220 dollar to‘lashlariga to‘g‘ri keladi.
So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, AQShda koronavirusga chalinganlar soni 278 mingdan oshib ketgan bo‘lib, ularning soni Nyu-York shtatining o‘zida 102863 nafarga yetdi. Qurbonlar soni esa bir kun ichida 2373 nafardan 2935 nafargacha ortgan.
Mavzuga oid
22:34 / 12.06.2026
Tulsi Gabbard AQSh biolaboratoriyalari haqidagi ma’lumotlarni oshkor qildi
20:26 / 12.06.2026
Trampning shov-shuvli smartfoni Xitoy telefonining to‘liq nusxasi bo‘lib chiqdi
20:03 / 12.06.2026
Eron AQSh bilan kelishuv doirasida tiklanish uchun 300 milliard dollar talab qildi
18:05 / 12.06.2026