Bugun, 7 aprel kuni AOKA qoşidagi maxsus ştabda bölib ötgan onlayn brifingda Taşqi işlar vazirligi axborot xizmati rahbari Avazbek Hojimetov çet elda tahsil olayotgan özbekistonlik talabalarning Özbekistonga qaytarilişi masalasiga oydinlik kiritdi.

Vazirlik rasmiysining sözlariga köra, TIV tomonidan vatanga qaytiş istagini bildirgan xorijdagi talabalar röyxatlari şakllantirilib, ma'lumotlar charter reyslarini taşkillaştiriş bilan boğliq masalalarni körib çiqiş uçun Respublika maxsus komissiyasi, mas'ul vazirlik va idoralarga kiritilgan.

«Şuningdek, qat'iy karantin çoralari joriy qilingan, vaqtinça mamlakatga kiriş-çiqiş töxtatilgan bir şaroitda çet eldagi talabalardan şaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilişlarini, yaşab turgan joylarini tark etmasliklarini, özlari joylaşgan davlatlarining rasmiy idoralari tomonidan joriy qilingan tartiblarga rioya qilişlarini söraymiz», - deya talabalarga murojaat qildi TIV vakili.

 Avazbek Hojimetovning qöşimça qilişiça, hozir xorijda bölib turgan fuqarolar, jumladan, talaba yoşlarning murojaatlariga öz vaqtida javob qaytariş, ularning huquq va manfaatlarini himoya qiliş uçun çet eldagi barça elçixonalar va konsullik muassasalar huzurida tezkor ştablar ham işlab turibdi.  

Brifing çoğida Taşqi işlar vazirligi vakili xorijdagi fuqarolar haqidagi xabarlarni tekşirmasdan tarqatmaslikni söradi.

«Feyk xabarlar köp, şuning uçun turli saytlar va internet naşrlariga biror ma'lumotni tarqatişdan oldin uni rasmiy resurslardagi axborotlar orqali tekşirib köriş muhim», deydi Avazbek Hojimetov. 

U ayrim şaxslar tomonidan xorijdagi fuqarolar orasida qiyin ahvolga tuşib qolganligi uçun diplomatik vakolatxonalarimizdan yordam söralgan turli murojaatlarni tarqatiş hollari köpayib borayotganini qayd etgan.

«Bu kabi ma'lumotlarni tarqatayotgan şaxslar bilan boğlaniş, voqea joyiga borib muammoni aniqlaş va çet el vakolatli idoralari bilan aloqa örnatiş uçun elçixona va konsulxonalarimiz xodimlari katta resurs va köp vaqt sarflamoqda. Şunça vaqt sarflab örganilganda esa xabar yolğon bölib çiqyapti. Murojaat tarqatgan fuqaro bilan uçraşuv çoğida asossiz axborot tarqatganligi uçun uzr sörayapti xolos», deydi u.