Tramp AQShda koronavirus qurbonlari taxmin qilingandan ancha kamroq bo‘lishini aytdi
AQSh prezidenti Donald Tramp AQShda koronavirus qurbonlari avval taxmin qilingan 100 ming kishidan ancha kamroq bo‘lishini aytdi.
Bu haqda Fox News telekanali xabar berdi.
Oq uy mutaxassislari avvalroq AQShda cheklovlarga amal qilinsa, koronavirusdan o‘lim darajasi 100 mingdan 240 ming nafargachani tashkil qilishi mumkinligini prognoz qilishgan.
“Fikrimcha, o‘lim darajasi bu raqamlardan ancha pastroq bo‘ladi. Bu musibat va azob-uqubat ichida buning alomatlarini aniq ko‘rmoqdamiz. Bu ko‘p jihatdan hayotlarni saqlab qolish bo‘yicha olib borayotgan keskin siyosatimiz bilan bog‘langan”, deb aytgan Tramp matbuot anjumanida.
AQSh prezidenti kasallanish darajasi yuqori bo‘lgan shtatlarda koronavirusga chalinish holatlari kamayotganini ta'kidlab o‘tgan. Bundan tashqari, butun mamlakat bo‘ylab yangi kasallanish holatlari soni kamaymoqda va bu uning fikricha, mamlakat kasallanishning eng yuqori darajasiga yaqinlashayotganini anglatadi.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, AQShda koronavirusga chalinganlar 500 mingdan oshdi, vafot etganlar 18747 nafarni tashkil qilmoqda. O‘lim darajasi Nyu-York shahri, Nyu-York va Nyu-Jyersi shtatlarida yuqori bo‘lib qolmoqda. AQSh o‘lim darajasi bo‘yicha Italiyadan (18849 o‘lim) keyin 2-o‘rinni, kasallanganlar soni bo‘yicha esa 1-o‘rinni egallamoqda.
AQShda oxirgi sutkada koronavirusdan birinchi marta 2 mingdan ko‘proq odam vafot etdi. Mamlakatda o‘lim holatlari soni oshib bormoqda.
Mavzuga oid
02:48
Saylov boshlandi, ko‘p ovoz olib ham yutqazish mumkin bo‘lgan saylov
00:26
Tramp atrofida aylanayotgan Amerika siyosati: nega bunday bo‘ldi?
21:46 / 05.11.2024
«Tramp prezident bo‘lsa, Yaqin Sharqdagi vaziyat qiyinlashadi» - Kamoliddin Rabbimov
18:53 / 05.11.2024