Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Niderlandiyada koronavirus sababli 400 mln tup gul yo‘q qilindi
Mamlakat yilning bu davrida Gollandiyaning eng ommabop diqqatga sazovor maskani – Lissedagi lolazorlarni ko‘rish uchun keladigan turistlardan mahrum bo‘ldi.
Niderlandiyadagi gulchilik kompaniyalari koronavirus pandemiyasi sharoitida gulga bo‘lgan talab pasayganligi sababli 400 million tup gulni yo‘q qilishga majbur bo‘ldi. Bu haqda New York Times gazetasi xabar berdi.
Katta zarar ko‘rayotganlar faqat gul yetishtiruvchilar va gul do‘konlari egalarigina emas. Mamlakat shuningdek, yilning bu davrida Gollandiyaning eng ommabop diqqatga sazovor maskani – Lissedagi lolazorlarni ko‘rish uchun keladigan turistlardan mahrum bo‘ldi.
Niderlandiyadagi "Kyokenxof" qirollik gullar bog‘i bu yil eshiklarini ochmadi, bu 25 million dollar zarar degani.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Niderlandiyada koronavirusga chalinish bilan bog‘liq holatlar 25,5 mingdan oshgan, 2737 kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
22:32 / 09.06.2026
Niderlandiya bilan o‘yin ishonch berdi: O‘zbekiston JChga tayyor ekan!
19:11 / 08.06.2026
O‘zbekiston va Niderlandiya milliy jamoalari bir kunda ikkita o‘yin o‘tkazadi
17:17 / 07.06.2026
“Asirlarning kalla suyagini eksponat qilishgan” – o‘zbeklar ko‘milgan Amersfortdagi o‘lim lageri
16:35 / 25.05.2026