Fuqarolarning ma'muriy jarimalar haqida onlayn tarzda xabardor bo‘lishi imkoniyati yaratilishi mumkin
Har bir shaxsning o‘ziga nisbatan tayinlangan ma'muriy jarimalar haqida onlayn tarzda xabardor bo‘lish imkoniyatini yaratish taklif etilmoqda
“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida har bir shaxsning o‘ziga nisbatan tayinlangan ma'muriy jarimalar haqida onlayn tarzda xabardor bo‘lish imkoniyatini yaratish haqida petitsiya joylashtirildi.
“Har bir shaxsning o‘ziga nisbatan tayinlangan ma'muriy jarimalar haqida onlayn tarzda xabardor bo‘lish imkoniyatini yaratish kerak. Ba'zida o‘zingiz bilmagan holda va obektiv sabablarga ko‘ra MIBga qo‘shimcha jarima to‘lashga, chet elga chiqish vaqtida aviachiptani ma'lum bir qismiga kuyib yoki notariusga borgan vaqt to‘lanmagan jarimalarni (rejalashtirilmagan xarajatlar chiqib) to‘lashga to‘g‘ri kelib qoladi. To‘g‘ri, hamma o‘zi qilgan nomaqbul ishi uchun qonun oldida o‘z vaqtida javob berishi kerak. Biroq hayotda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan har qanday noqulayliklarni bartaraf etish va ular to‘g‘risida ogoh bo‘lish inson uchun muhim ahamiyat kasb etadi”, - deb yozadi murojaat muallifi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, har bir shaxsning sodir etgan ma'muriy huquqbuzarligi uchun www.my.gov.uz portali orqali (ERI vositasida ham) o‘ziga nisbatan tayinlangan ma'muriy jarimalar to‘g‘risidagi ma'lumotni onlayn tarzda olish imkoniyatini yaratish kerakligi aytiladi.
Bu ma'lumotnomada shaxsning hozirgi kunda to‘lanmagan jarimasi yoki ijro etilmagan boshqa turdagi majburiyatlari, muqaddam bir necha bor ma'muriy javobgarlikka tortilgani to‘g‘risidagi ma'lumotlar bo‘lishi maqsadga muvofiq ekani ta'kidlangan. Ushbu taklif fuqarolar uchun ko‘plab qulayliklarning yaratilishiga xizmat qilishi bildirilgan.
Mavzuga oid
07:50 / 31.10.2024
Yo‘lning chetki chap qatorida harakatlangan yuk mashinasi haydovchilari jarimaga tortiladi
11:00 / 04.10.2024
195 km/soat tezlikda avtomobil boshqargan Jahongir Otajonov jarimaga tortildi
07:20 / 20.09.2024
Daraxtlarni kesish va qasddan quritish uchun jarimalar oshiriladi
22:21 / 18.09.2024