Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevroittifoq: AQShning JSSTni moliyalashtirishni to‘xtatish to‘g‘risidagi qarorini oqlab bo‘lmaydi
JSST Donald Trampning bu qarori tufayli budjetining 14 foizidan ortig‘ini yo‘qotishi mumkin.
Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash ketayotgan vaqtda AQShning Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini moliyalashtirishni to‘xtatish to‘g‘risidagi qarorini oqlab bo‘lmaydi. Bu haqda Yevroittifoq diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel aytdi.
"AQShning JSSTni moliyalashtirishni to‘xtatish to‘g‘risidagi qaroridan chuqur afsusdaman. Koronavirus pandemiyasini jilovlash va pasaytirishda yordamlashish uchun har qachongidan ham ko‘proq harakat zarur bir paytda bu qadamni oqlash uchun hech qanday asos yo‘q", - dedi u.

Borrel "faqat birlashibgina chegara bilmaydigan bu inqirozni bartaraf etishimiz mumkin", deb ta'kidladi.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Vashington JSST budjetiga badallar to‘lashni to‘xtatayotganini ma'lum qilgandi.
JSST Donald Trampning bu qarori tufayli budjetining 14 foizidan ortig‘ini yo‘qotishi mumkinligini bildirdi.
Mavzuga oid
09:45 / 16.06.2026
Ukraina va Moldova YeI a’zoligi sari yana bir qadam tashladi
08:58 / 04.06.2026
Ukrainaning YeIga a’zo bo‘lishi yo‘lida muhim qadam tashlandi
19:55 / 29.05.2026
Yevropa Ittifoqi Temu’ni 200 mln yevro jarimaga tortdi
08:47 / 28.05.2026