Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) AQŞ prezidenti Donald Trampning taşkilotga badal tölaşni töxtatiş töğrisidagi qarori tufayli budjetining 14 foizidan ortiğini yöqotişi mumkin. Bu haqda JSST ma'lum qildi.
JSST budjeti majburiy va ixtiyoriy badallar hisobiga moliyalaştiriladi. Davlatlar taşkilotga a'zo böliş uçun majburiy badal tölaydi. Majburiy badal miqdori har bir davlatning farovonligi va aholisidan kelib çiqib belgilanadi.
Statistikaga köra, AQŞ 2018-2019 yillarda JSSTga 553,1 million dollar ötkazgan – bu taşkilot budjetining 14,67 foizini taşkil etadi.
JSSTga 2018-2019 yillarda eng köp pulni ikkinçi örinda Bill va Melinda Geyts fondi ötkazgan. Ular taqdim etgan mablağ taşkilotning 9,76 foiz budjetiga teng. Keyingi örinda esa 8,39 foiz uluş bilan Vaksinalar va immunizatsiyalar böyiça global alyans joylaşgan.
JSSTni moliyalaştiriş miqdori böyiça davlatlar orasida ikkinçi örinda Buyuk Britaniya qayd etilgan (293,5 million dollar yoki budjetning 7,79 foizi), uçinçi örinda esa Germaniya joylaşgan (292,1 million dollar yoki 5,86 foiz).
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ prezidenti Donald Tramp Vaşington JSST budjetiga badallar tölaşni töxtatayotganini ma'lum qilgandi.
Trampning sözlariga köra, u suriştiruv ötkazilişidan oldin öz ma'muriyatiga tegişli buyruq bergan. AQŞ rahbari uşbu qaror JSST “asosiy majburiyatlarini bajarmaganligi va javobgar bölişi kerakligi” tufayli qabul qilinganini ta'kidladi.

















