Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniyada karantin choralari yana uch haftaga uzaytirildi
Ma'lumotlarga ko‘ra, Buyuk Britaniyada koronavirusdan vafot etganlar soni 13 mingdan, kasallik yuqtirganlar soni esa 103 ming nafardan oshib ketgan.
Buyuk Britaniyadagi karantin choralari kamida uch haftaga uzaytirildi, deb ma'lum qildi mamlakat tashqi ishlar vaziri Dominik Raab.
"Kiritilgan choralar samaralari bo‘lganligi to‘g‘risida ma'lumotlar mavjud. Choralarni erta yumshatish jamoat salomatligi uchun ham, iqtisodiyot uchun ham vaziyatning yomonlashishiga olib kelishi mumkin. Hukumat shu asosda choralarni kamida uch haftaga uzaytirishga qaror qildi", - dedi Raab.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Buyuk Britaniyada koronavirusdan vafot etganlar soni 13 mingdan, kasallik yuqtirganlar soni esa 103 ming nafardan oshib ketgan.
Britaniyadagi statistika shuni ko‘rsatmoqdaki, qariyalar uylaridagi o‘lim darajasi juda yuqori. Shu kunlarda hukumat qariyalar uylarida yashayotganlarning har sakkizinchisi Covid-19dan zararlangani haqida e'lon qildi. Ammo keyinroq mamlakatda ko‘plab qariyalar uylariga egalik qiladigan HC-One holdingi direktorlar kengashi raisi haqiqiy raqamlar yuqoriroq ekanini ma'lum qildi.
Shuningdek, qariyalar uylarida ro‘y berayotgan o‘limlar Milliy sog‘liqni saqlash departamenti statistikasida qayd etilmayapti, bu statistikaga faqat shifoxonadagi o‘limlar kiritiladi.
Mavzuga oid
08:50 / 08.06.2026
SIPRI: dunyoda yadroviy qurollar soni yana o‘sishi mumkin
08:44 / 08.06.2026
Yevropa yetakchilari va Zelenskiy tinchlikning besh shartini e’lon qildi
16:53 / 04.06.2026
Buyuk Britaniyada 18 yoshli talaba o‘limi tufayli namoyish va tartibsizliklar ro‘y berdi
08:44 / 02.06.2026