“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida yangi şakldagi milliy haydovçilik guvohnomasini tiklaşni Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oşiriş haqida petitsiya joylaştirildi.
Qayd etilişiça, yangi şakldagi milliy haydovçilik guvohnomasini tiklaşni Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oşiriş lozim. Elektron hukumatning afzalliklarini fuqarolar amalda bilişi lozimligi aytiladi.
“Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 dekabrdagi “Byurokratik tösiqlarni yanada qisqartiriş hamda davlat organlari va taşkilotlari faoliyatiga zamonaviy boşqaruv tamoyillarini joriy qiliş çora-tadbirlari töğrisida”gi PQ-4546-sonli qarori mazmun-mohiyatini tuşuntiriş hamda ijrosini ta'minlaş maqsadida keng kölamli işlar olib borilmoqda.
Haydovçilik guvohnomasini yangisiga almaştiriş va haydovçilik guvohnomasini tiklaş böyiça talab etiladigan hujjatlar soni köp. Bunda talab etiladigan hujjatlarni 5 tadan 1 taga (faqat şaxsni tasdiqlovçi hujjatlarga) tuşiriş lozim. Tölov masalasida: haydovçilik guvohnomasini tiklaşga yagona narxni belgilaş lozim. Yöqotilganligi yoki şikastlanganligi deb ajratmaslik kerak. Guvohnoma içidagi ma'lumotlarni saqlovçi tizimga zarar yetganda, ya'ni guvohnomani aslini taqdim etganda bepul tiklab beriş yoki Bazaviy hisoblaş miqdorning 10 foizidan ortmasligi lozim.
Muddat masalasida: haydovçiga guvohnoma tiklanişi vaqtida bir oylik muddatga vaqtinçalik guvohnoma berilişini bekor qiliş kerak. Davlat xizmatlari markazidan tölovni qilib bir soat içida olib ketaversin. Haydovçilik guvohnomasi yangi şaklga ötmoqda, lekin biz qoğozbozlikni kamaytirmayapmiz. Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 maydagi 408-sonli qarorining 2-ilovasi (66-73-bandlari)ni qayta körib çiqiş kerak. Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 2 martdagi 116-sonli qarorida eski namunadagi haydovçilik guvohnomalarini yangi milliy haydovçilik guvohnomasiga almaştiriş soddalaştirilgan, ammo milliy haydovçilik guvohnomasini yöqolgani örniga yangisini beriş tartibini byurokratik tösiq desak böladi”, - deb yozadi murojaat muallifi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, yangi şakldagi milliy haydovçilik guvohnomasini tiklaşni Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oşiriş taklif qilingan.

















