Jahon | 01:48 / 17.04.2020
6530
1 daqiqa o‘qiladi

Gruziyada yengil avtomobillar harakati vaqtincha taqiqlandi

21 mart kuni Gruziyada favqulodda holat e'lon qilingan bo‘lib, u 21 aprelgacha amal qiladi.

Foto: Zurab Kursikidze / EPA / TASS

Gruziyada koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida 17 apreldan yengil avtomobillar harakati butunlay taqiqlandi. Bu haqda mamlakat bosh vazirining maslahatchisi Irakliy Chikovani ma'lum qildi.

Cheklov 21 aprelgacha amal qiladi hamda yuk tashuvchi va yetkazib berish xizmatlariga taalluqli emas.

Chikovanining qo‘shimcha qilishicha, 17 apreldan boshlab fuqarolar binolar ichida niqob taqib yurishlari shart. U shuningdek, 10 kun davomida qabristonlarga borish ham cheklanishini maelum qildi.

21 mart kuni Gruziyada favqulodda holat e'lon qilingan bo‘lib, u 21 aprelgacha amal qiladi. 14 aprel kuni mamlakat bosh vaziri Georgiy Gaxariya hukumat prezidentga murojaat qilishini va favqulodda holat rejimini uzaytirishni so‘rashini ma'lum qildi.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakatda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 348ta holat qayd etilgan, 76 kishi sog‘aygan, uch kishi vafot etgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid