Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qarshida 5 mln dollarlik bir nechta yirik loyihalar amalga oshiriladi
Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanini 2020-2022 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha chora-tadbirlar tasdiqlanadi
Vazirlar Mahkamasining “Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanini 2020-2022 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha chora-tadbirlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Quyidagilarni nazarda tutuvchi Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanini 2020-2022 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanadi:
2020-2022 yillarda Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida kambag‘allikni qisqartirish yuzasidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar;
2020-2022 yillarda Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi sohalarini rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxati;
2020-2022 yillarda Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida ishsizlarni kasb-hunarga o‘qitish va qayta tayyorlash parametrlari;
2020-2022 yillarda Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida yo‘l-kommunikatsiya tizimi va ijtimoiy sohani yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar;
Dasturni amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va tizimli nazorat qilinishini ta'minlash bo‘yicha Respublika komissiyasi tarkibi.
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, Qashqadaryo viloyati hokimligi, LT "Tekstil International" qo‘shma korxonasi 700 ish o‘ringa mo‘ljallangan aralash mato ishlab chiqarish ishga tushirilishi va keyinchalik undan yuqori sifatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish majmuasini tashkil etish choralarini ko‘radilar.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi, “Qishloq qurilish invest” MChJ IK bosqichma-bosqich Qarshi tumani markazini kanalizatsiya tarmoqlari bilan ta'minlash choralarini ko‘radi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Markaziy bank, tijorat banklari bilan birgalikda Qarshi tumanida tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, chet el investitsiyalarni jalb etish hamda yangi ish o‘rinlarni yaratish maqsadida, qo‘shimcha ravishda qiymati 5 mln. AQSh dollarlik 3 tadan yirik loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha dastur loyihasini ishlab chiqadi va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
“Asaka” ATB Qarshi tumani hokimligi bilan birgalikda hududda savdo ko‘ngilochar maskani tashkil etish bo‘yicha loyiha tashabbuskorni aniqlab, loyihani amalga oshirish choralarini ko‘radi.
Suv xo‘jaligi vazirligi Moliya vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda yil yakuniga qadar Qarshi tumani markazini ijtimoiy, transport va muhandislik infratuzilmasini rivojlantirish bilan kompleks holda yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash va sizot suvlar sathini pasaytirish, arxitekturaviy-rejali qurishni tubdan yangilash chora-tadbirlari dasturini amalga oshirish maqsadida, shaharcha hududidagi mavjud tik quduqlarni rekonstruksiya qilish va ta'mirlash hamda yangilarni qurish ishlarni amalga oshirish choralarini ko‘radi.
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qarshi tumani hokimligi bilan birgalikda har bir mahallada dehqonchilik bilan shug‘ullanish istagini bildirgan aholi ro‘yxatini shakllantiradi.
Bunda, aholiga qulay joylashgan, lekin foydalanishdan chiqqan yerlarni har bir talabgor va ekin turi kesimida taqsimlab, ularni kooperatsiyalarga biriktirish nazarda tutiladi.
Mavzuga oid
18:34 / 26.04.2026
“Dacha”larning elektron bazasini yaratish va ijara narxlarini nazorat qilish rejalashtirilmoqda
09:35 / 01.04.2026
Mobil tariflarga yangi talablar joriy etilishi mumkin
08:11 / 18.03.2026
Bitiruvchilar uchun 3 yil ishlab berish talabi bekor qilinishi mumkin
11:59 / 17.12.2025