Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yilning dastlabki uch oyida benzin ishlab chiqarish ko‘paygan - Statqo‘m
2019 yilning shu davrida 244,8 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2020 yilda - 282,7 ming tonna
Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, 2020 yilning yanvar-mart oylarida respublikada avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi 2019 yilning shu davriga nisbatan ko‘paydi.
Qayd etilishicha, 2019 yilning shu davrida 244,8 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2020 yilda - 282,7 ming tonna.
Dizel yoqilg‘isini ishlab chiqarish hajmida pasayish kuzatildi. 2019 yilda 267,4 ming tonna dizel ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2020 yilda - 254,5 ming tonna.
Shu bilan birga, O‘zbekiston 2020 yil yanvar-mart oylarida neft qazib olishni 2019 yilning shu davriga nisbatan (174,7 ming tonna) qisqartirdi - 172,0 ming tonnagacha.
2020 yil yanvar-mart oylarida tabiiy gaz qazib olish 13,07 milliard kub metrni tashkil etdi, bu 2019 yilning shu davriga nisbatan kam (14,1 milliard kub metr).
2020 yil yanvar-mart oylarida O‘zbekiston 383,6 ming tonnadan ortiq gaz kondensati qazib oldi, bu 2019 yilning shu davriga kam (404,2 ming tonna).
Mavzuga oid
09:49 / 19.06.2026
O‘zbekistonda talabalar soni 1,5 milliondan oshdi
11:10 / 17.06.2026
O‘qish maqsadida chet elga chiqqanlar soni kamaydi
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
11:30 / 08.06.2026