Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda yangi universitet tashkil etish taklif qilindi
“O‘zbekiston ilg‘or texnologiyalar innovatsion universiteti”ni tashkil etish taklif qilinmoqda
Foto: KUN.UZ
“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida “O‘zbekiston ilg‘or texnologiyalar innovatsion universiteti”ni tashkil etish haqida petitsiya joylashtirildi.
Qayd etilishicha, bugungi kunda raqamli texnologiyalar, sun'iy intellekt, biotexnologiya, ilg‘or texnik ishlanmalar va materiallar insoniyat kelajagi ekanligi hammaga ma'lum. Lekin bunday texnologiyalar sanoqli davlatlardagina ishlab chiqariladi. O‘zbekiston esa texnik tuzilmalarni asosan import qiladi. Buning uchun milliardlab dollar mablag‘ sarflanadi.
“Birgina tibbiyot sohasini olsak, oddiy gemoglobin miqdorini aniqlash uchun ishlatiladigan apparatlar minglab dollar turadi. Agar bularni o‘zimiz ishlab chiqarsak va eksport qilsak, budjetga katta foyda qilamiz. O‘n minglab ishchi o‘rinlari yaratiladi”, - deb yozadi murojaat muallifi.
Shularni hisobga olib, “O‘zbekiston ilg‘or texnologiyalar innovatsion universiteti”ni tashkil etish, unda sun'iy ong, maishiy texnologiyalar, avtotexnologiyalar, tibbiy texnologiyalar, harbiy texnologiyalar, robottexnologiyalar, biotexnologiyalar, materiallar texnologiyasi va ularga dasturiy ta'minot ishlab chiquvchi fakultetlarini ochish hamda ularga xorijdagi yetuk olimlarini jalb qilish taklif qilinmoqda.
Mavzuga oid
13:04 / 20.12.2025
Navoiyda universitet mansabdori pora bilan ushlandi
11:07 / 15.12.2025
O‘zbekiston universitetlari YeI tadqiqot dasturlarida ishtirokini kuchaytiradi
16:15 / 13.12.2025
Reding universiteti O‘zbekistonda kampus ochish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda
16:04 / 01.12.2025