Toshkent ko‘chalarida karantin choralari bois o‘rnatilgan to‘siqlarni ko‘rsatuvchi geoportal ishga tushirildi
Koronavirus tarqalishining oldini olish, fuqarolarning transportda maqsadsiz harakatlanishini cheklash va haydovchilarning karantin tartib-qoidalariga amal qilishini nazorat qilish zarurati tufayli Toshkent shahrining bir qator ko‘chalari va mahallalarda qatnovni vaqtincha cheklovchi to‘siqlar o‘rnatilgan edi.
Davgeodezkadastr qo‘mitasi tomonidan mazkur to‘siqlar Toshkent shahri bo‘ylab qaysi joylarga o‘rnatilganini ko‘rish imkoniyatini beruvchi geoportal ishga tushirildi.
Bu haqda Kun.uz’ga Davgeodezkadastr qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Ne'matjon Otamuradov xabar berdi.
“Geoportal Davergeodezkadastr qo‘mitasi tomonidan Toshkent shahar IIBB hamkorligida yaratildi. Ushbu onlayn resurs orqali to‘siqlar joylashgan joy haritada qizil chiziqlar bilan aks ettirilgan.
Toshkent shahar IIBB hodimlari tomonidan Toshkent shahridagi barcha beton bloklar xatlovdan o‘tkazildi. Bugungi kunda Toshkent shahridagi transport vositalari harakatlanadigan ko‘chalar va mahallalarning ichkarisidagi yo‘llarda o‘rnatilgan to‘siqlarning soni 1415 tani tashkil etmoqda. Geoportal barcha uchun ochiq, undan foydalanish uchun internet bo‘lsa kifoya”, deya Ne'matjon Otamurodovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Ta'kidlanishicha, portalni yaratishdan ko‘zlangan maqsadlardan biri tez tibbiy yordam xizmatlari, mahsulot yetkazuvchilar va boshqa turdagi xizmat ko‘rsatuvchilarga qulaylik yaratishdan iborat. Mutasaddilar elektron resurs takomillashtirib borilishini aytishmoqda.
Geoportalga ushbu havola orqali kirish mumkin.
Mavzuga oid
21:58 / 04.11.2024
Sariq va qizil ranglarda tovlanayotgan Toshkent - fotojamlanma
17:42 / 04.11.2024
Xavfsizlik chegarasidan 80 barobar yuqori: Lahor dunyoning havosi eng iflos shaharlaridan biri
08:10 / 04.11.2024
Toshkentda “Yashil shahar” kuni o‘tkaziladi
19:25 / 31.10.2024