Tuman yo‘llariga qo‘yilayotgan to‘siqlar «Tez yordam» harakatini cheklamaydi - IIV
To‘siqlar o‘rnatilishida biror mahallaga transportda kirish-chiqish yo‘llari 6 yoki 7ta bo‘lsa, ular to‘silib, Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishgan holda 2ta yo‘nalish qoldiriladi va ular nazoratga olinadi. O‘rnatilgan to‘siqlarning barchasi Yong‘in xavfsizligi xizmati hamda «Tez yordam» xizmati xaritalarida aniq belgilab beriladi.
Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati rahbari Shohrux G‘iyosov AOKAda o‘tkazilgan brifingda karantin davrida tumanlarda yo‘llarning yopilishi «Tez tibbiy yordam» mashinalari harakatini cheklamasligi haqida aytib o‘tdi.
«Respublika tumanlarida avtotransport vositalari harakatida cheklov o‘rnatilmagan bo‘lsa-da, tuman rahbarlari tomonidan karantin tufayli asosiy yo‘llarda postlar tashkil etilgan.
Va bu postlarda tuman hududiga kirayotgan hamda tuman hududidan chiqayotgan avtotransport vositalari haydovchilaridan qayerdan kelayotgani va qayerga borayotgani so‘ralmoqda. Bu xalqimiz xavfsizligi uchun yaxshi», dedi Shohrux G‘iyosov.
IIV vakili karantin davrida fuqarolarni transportda maqsadsiz harakatlanishini cheklash zarurati tufayli viloyatlarning alohida hududlarida transport yo‘llariga to‘siqlar ham qo‘yilayotganini aytib o‘tgan.
«To‘siqlar o‘rnatilishida biror mahallaga transportda kirish-chiqish yo‘llari 6 yoki 7ta bo‘lsa, ular to‘silib, Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishgan holda 2ta yo‘nalish qoldiriladi va ular nazoratga olinadi.
O‘rnatilgan to‘siqlarning barchasi Yong‘in xavfsizligi xizmati hamda Tez yordam xizmati xaritalarida aniq belgilab beriladi. Shuning uchun Tez yordam avtotransporti to‘siqlarga uchraydi degan xavotirlar o‘rinsiz. Aksincha, bizdagi ma'lumotlarga ko‘ra, Tez yordam avtotransportining manzilga yetib borish tezligi oldingiga qaraganda oshgan», deya ma'lumot berdi Shohrux G‘iyosov.
Uning qo‘shimcha qilishicha, hozirga qadar ayrim viloyatlarda fuqarolar tomonidan yo‘llarga o‘zboshimchalik bilan o‘rnatilgan 46 to‘siq ham aniqlangan va ularning barchasi olib tashlangan. Ayni paytda profilaktika inspektorlari, yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlari aholi o‘rtasida tegishli tushuntirish ishlarini olib bormoqda.
Mavzuga oid
14:12 / 16.12.2022
IIV mas’ullaridan tizimdagi xodimlar og‘ir mehnat sharoiti va oylik maosh kamligi haqida so‘raldi
21:17 / 15.12.2022
Shohrux G‘iyosov - mitinglar haqidagi qonun, Bobojonovning “yopiqligi” va Norboyevaning uyidagi o‘g‘rilik haqida
14:14 / 09.12.2022
IIB ikki jurnalistning ota-onasidan farzandlarining internetda yozganlari bo‘yicha izoh talab qildi
21:59 / 27.11.2022