Jahon | 02:27 / 19.04.2020
21357
1 daqiqa o‘qiladi

Shvetsiya malikasi ko‘ngilli sifatida kasalxonada ishlamoqda

Shvetsiya malikasi Sofiya mamlakat poytaxti Stokholmdagi kasalxonalardan birida ko‘ngilli sifatida ishlay boshladi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar tarqatgan. «Hazrati oliyalari»ning zimmasiga jihozlarni dezinfeksiya qilish va bemorlar uchun dori vositalarini tayyorlash vazifasi topshirilgan. U bemorlarga yaqinlashmay ishlaydi.

Foto: Theguardian

Shvetsiya shahzodasi Karl Filippning 35 yoshli rafiqasi malika Sofiya mamlakatda koronavirusga qarshi kurash ketayotgan bir vaqtda tibbiyot xodimlarini qo‘llab-quvvatlash uchun shu qarorga kelgan.

Malika poytaxtdagi xususiy klinikalardan birida ishlamoqda va uni birdaniga ishga qabul qilishmagan. Malika 3 kun davomida birlamchi tibbiyot bilimlari beriladigan maxsus kursni o‘tagach, vaqtincha ishga olingan. Ma'lumot uchun, Shvetsiya qirolining yagona o‘g‘li bo‘lgan valiahd Karl Filippning rafiqasi malika Sofiya qirol oilasiga kelin bo‘lib tushganiga qadar model bo‘lib ishlagan.

Foto: JONAS EKSTRÖMER/TT NYHETSBYRÅN

Karantin joriy etilmagan dunyodagi kam sonli mamlakatlardan bo‘lgan Shvetsiyada ayni damda 14 mingga yaqin odam koronavirus yuqtirgan. Kasallik 1 500 dan ko‘proq shvetsiyalikni hayotdan olib ketdi.

Ўткир Жалолхонов
Tayyorlagan Ўткир Жалолхонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid