Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov joriy yilda rekord darajada bölgan oltin eksporti mamlakat iqtisodiyotiga qay tarzda yordam bera olgani haqidagi savolga javob berdi.

«Oltin narxining jahon bozoridagi özgarişi 30 foiz atrofida kuzatilgan bölsa, iqtisodiyotimizga 30 foiz qöşimça daromad kirdi. Işlab çiqaruvçilarimiz bugungi kungaça 24 trillion söm qöşimça daromad oldi.

Oltinni sotiş, sotib oliş masalasida «Özbekiston bir oyda şunça oltinni sotib yubordi» degan fikrlarni ijtimoiy tarmoqlarda ham öqib qolaman. Bir narsani töğri tuşuniş kerak. Bu Markaziy bankning siyosati. Bizning maqsadimiz oltinni jahon bozori narxida öşa oyda işlab çiqaruvçidan sotib oliş. Uni sotişdan maqsadimiz esa, bizning öz prognozlarimiz borligi bilan boğliq. Narx kötarilganida biz uni sotib, ma'lum jihatdan iqtisodiyotimizga, eng avvalo Markaziy bankka, Markaziy bank orqali iqtisodiyotga qöşimça daromad olişni maqsad qilamiz.

Lekin buni eksport bilan boğlaş ma'lum jihatdan sal notöğriroq. Eksport haqida gapirganimizda doimo Markaziy bankda ham, hukumatda ham xöjalik sub'yektlarining bevosita qilgan eksporti töğrisida gaplaşamiz.

Agar oltin narxi tuşib ketsa va biz keyinçalik oltin narxi kötarilişini kutadigan bölsak, ya'ni şuni tahlil qilayotgan bölsak, oltin ham sotib olamiz. Bu Markaziy banklarning bajaradigan normal holati.

Biz oltin-valuta zaxiramiz tarkibini özgartirib turiş vakolatiga egamiz va buni mustaqil ravişda ajratamiz. Agar oltin narxi jahon bozorida tuşib ketadigan bölsa va biz kelgusida oltin narxi oşişini kutayotgan bölsak, oltinni sotmasligimiz ham mumkin. Bu degani bizning oltin-valuta zaxiramizning umumiy hajmi özgarmaydi, faqat tarkibi özgaradi. Oltin qismi köpayadi, valuta qismi kamayadi. Şunday tamoyil bilan Markaziy bank öz işini taşkil qilgan», deya Markaziy bank raisining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Özbekiston 2020 yilning iyul oyida oltin sotiş böyiça dunyoda mutlaq yetakçi bölgan, mamlakat 11,6 tonna oltin sotgandi.

Sentabr oyi boşlarida Özbekiston oltin-valuta zaxiralari may oyidan buyon birinçi bor qisqargandi. Mamlakatning rasmiy zaxira aktivlari 1 sentabr holatiga köra, 34,6 milliard dollarni, xalqaro zaxiralar – 33,8 milliard dollarni taşkil etgandi. Pandemiya davrida Özbekiston öz oltinlarini faol sotişi kuzatildi. Kapital bozorini rivojlantiriş agentligi direktori Otabek Nazirov oltin-valuta zaxirasini sotib, mablağlarni mamlakat iqtisodiyotini qutqarişga va işsizlar soni ortişining oldini olişga yönaltiriş mumkinligini aytgandi.