«Qiyin ahvolga tuşib qolgan aholini qöllab-quvvatlaş masalasi birinçi kunlardanoq muhokamada böldi. Klassik sxema bu. Hozirgi inqirozda talab ham, taklif ham yöq. Odamlarning daromadi tuşib ketyapti. Vaziyatimiz murakkabroq. Norasmiy işlayotganlar köp, şu sababli buni amalga oşiriş qiyinroq bölyapti. Gap katta mablağlar haqida boryapti.
Xalqaro valuta jamğarmasi mutaxassisi budjet va davlat sektorida oylik-maoşlarni vaqtinça qisqartiriş kerakligi haqida tavsiya berdi. Masalan, 4 mln sömdan yuqori hamma oyliklar qisqartirilişi lozim. Iqtisod qilingan pulni hammaga bölib beriş, buni jamoatçilik kötarib çiqişi kerak, birdamlik lozimligi aytildi. Şunda jami millat inqirozdan çiqib ketadi. Bu inqiroz hukumatning aybi bilan yuzaga kelmadi. Bu XVJ xodimining gaplari.
Aholini qöllab-quvvatlaşning ikki-uçta yöli örganilmoqda. Birinçisi, bolalar orqali tölaş. Kim xohlamasa, olmasin, çunki hammadan ma'lumotnoma töplaşga vaqt ketadi, bungaça inqiroz ham ötib ketadi. Bitta salbiy tomoni - bolasi bölmagan yoşlar, oila qurmagan mustaqil yigit-qizlarimiz bor. Ular çetda qoladi.
Ikkinçisi, oilalarga beriş. Bunda har bir oilaga pul tölaş. Oiladagi bolalarni hisobga olmasak, töğri bölmaydi. Farzandlarini uyli-joyli qilgan, şundoq ham pensiya olayotgan keksalar, oylik olayotgan oilalarga bunday yordam berilişi kerakmi yoki yöq. Bu masalada vaqt yetişmaydi. Rahbariyat bir neça marotaba uşbu masalani örganiş topşiriğini berganlar», - dedi Jamşid Qöçqorov.

















