Jahon | 23:19 / 20.04.2020
4926
2 daqiqa o‘qiladi

Norvegiyada bolalar bog‘chalari ish faoliyatini boshladi

Norvegiya hukumati ikki hafta ilgari keskin choralar bosqichma-bosqich yumshatilishini e'lon qilgandi. Qayd etilishicha, mamlakatda koronavirus epidemiyasi "nazoratga olingan". 

Foto: fjord.su

Norvegiyada karantin choralarini yumshatish doirasida bundan bir oy avval yopilgan bolalar bog‘chalari qaytadan ish boshladi. Bunda gigiyena ko‘rsatmalariga qat'iy riyao qilish shart: bolalar bilan faqat kichik guruhlarda mashg‘ulot o‘tkazish mumkin.

Hukumat qaroriga ko‘ra, uch yoshgacha bo‘lgan bolalar uch nafargacha, uch yoshdan olti yoshgacha bo‘lganlar olti nafargacha tarbiyalanuvchi bo‘lgan guruhlarga bo‘linadi. Hafta davomida boshlang‘ich maktablar ham ishlay boshlashi kutilmoqda.

Norvegiya hukumati ikki hafta ilgari keskin choralar bosqichma-bosqich yumshatilishini e'lon qilgandi. Qayd etilishicha, mamlakatda koronavirus epidemiyasi "nazoratga olingan". 

Shu bilan birga, bar va restoranlar yopiqligicha qoladi, ommaviy va sport tadbirlarini o‘tkazish iyun o‘rtalarigacha bekor qilingan.

Norvegiya sog‘liqni saqlash vazirligining ma'lumot berishicha, mamlakatda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 7 mingta holat qayd etilgan, 154 kishi vafot etgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid