Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida Invest Village loyihasi amalga oshiriladi
Toshkent viloyatida qurilish va obodonlashtirish ishlari yanada jadallashtiriladi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobiga chet el investorlari uchun qulay shart-sharoitlarga ega bo‘lgan zamonaviy shaharcha tashkil etiladi
Vazirlar Mahkamasining “Toshkent viloyatida Invest Village investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qayd etilishicha, quyidagilar:
Toshkent viloyati Qibray tumani hokimining 2013 yil 18 iyuldagi 2280-son qaror bilan Super Garden MChJga Toshkent viloyati, Qibray tumani, Tuzel QFI, Tinchlik ko‘chasida meva, rezavor meva yetishtirish va uzumchilikni rivojlantirish uchun 49 yilga 40 gektar qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yer uchastkasi ajratilgan;
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi huzuridagi “O‘zdaverloyiha” institutining Super Garden MChJga ajratilgan yer uchastkasining ball boniteti 53,2 ballga tengligi to‘g‘risidagi xulosasi;
Super Garden MChJga ajratilgan yer uchastkasida Turkiyaning Toleza Tekstil kompaniyasi bilan hamkorlikda umumiy qiymati 25 mln AQSh dollarilik, shundan 20 mln AQSh dollari to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya hisobiga Invest Village investitsiya loyihasi amalga oshiriladi.
Toshkent viloyati hokimligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Super Garden MChJga ajratilgan yer uchastkasida Turkiyaning Toleza Tekstil kompaniyasi bilan hamkorlikda umumiy qiymati 25 mln AQSh dollarilik xorijiy investitsiya loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi.
Toshkent viloyati hokimligi Super Garden MChJga ajratilgan yer uchastkasida xorijiy investitsiya hisobiga zamonaviy Invest Village loyihasini amalga oshirish uchun yer uchastkasi toifasini aholi punktlarining yerlari toifasiga o‘zgartirish bo‘yicha tegishli qaror qabul qiladi.
Belgilanishicha, yer uchastkasida investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun:
Turkiyaning Toleza Tekstil kompaniyasi tomonidan 20 mln AQSh dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb qilinadi va 100 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etiladi;
Super Garden MChJ tomonidan 5 mln AQSh dollari miqdoridagi mablag‘lar kiritiladi;
loyiha-smeta hujjatlari asosida 2020-2021 yillarda investitsiya mablag‘lari to‘liq o‘zlashtiriladi va foydalanishga topshiriladi;
investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida quriladigan uy-joylarning 5 foizi Toshkent viloyati hokimligiga beriladi.
Mavzuga oid
09:05
120 ming dollarlik qalbaki pulni sotishga uringanlar qo‘lga olindi
10:30 / 10.06.2026
Toshkent – vodiy yo‘lining bir qismida maksimal tezlik pasaytirildi
09:00 / 10.06.2026
Zangiotada yirik kumush savdosiga chek qo‘yildi
11:50 / 08.06.2026