Temir yo‘llarda pochta tashish qoidalari tasdiqlanadi
Temir yo‘llarda pochtani tashish va pochta vagonlaridan foydalanish qoidalari tasdiqlanadi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Temir yo‘llarda pochtani tashish va pochta vagonlaridan foydalanish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi hujjat loyihasi e'lon qilindi.
Temir yo‘llarda pochtani tashish, pochta vagonlaridan foydalanish milliy operator bilan tashuvchi o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Xalqaro pochta almashinuvi punktlari tomonidan pochtani tashish va almashish tartibi Umumjahon pochta ittifoqining aktlari va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Pochta milliy operatorning pochta vagonlarida, shuningdek,yo‘lovchi, tezyurar va pochta-bagaj poyezdlariga qo‘shiladigan tashuvchining vagonlarida tashiladi.
Pochtani pochta vagonlarida tashish O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘llarining barcha liniyalari bo‘ylab amalga oshiriladi.
Pochta vagonlarida va boshqa vagonlarning maxsus moslashtirilgan joylarida tashilayotgan pochta aloqa xodimlari tomonidan kuzatib boriladi. Oddiy bagaj vagonlarda pochta ham aloqa xodimlarining kuzatuvida, ham ularning kuzatuvisiz tashiladi.
Tarkibiga pochta vagonlari ulanadigan poyezdlarning ro‘yxati milliy operator tomonidan tashuvchi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Tarkibiga pochta vagonlari ulangan poyezdlarning qatnov jadvali o‘zgargan holatlar to‘g‘risida tashuvchi yangi jadvalning amalga kirish muddatidan kamida besh kun oldin milliy operatorni xabardor qiladi.
Pochta almashinuvi belgilangan temir yo‘l bekatlarida tarkibida pochta vagonlari bo‘lgan poyezdlar pochtani yuklash va tushirish imkoniyati mavjud bo‘lgan maxsus yo‘lga qabul qilinadi.
Poyezdlar boshqa yo‘lga qabul qilingan holatlarda, shuningdek, tarkibning bekat o‘qiga nisbatan belgilanmagan joyda to‘xtaganida bekat bo‘yicha navbatchi bu to‘g‘rida pochta vagonlari bilan pochta almashinuvini amalga oshirayotgan aloqa xodimlarini oldindan xabardor qiladi va pochta vagonining to‘xtash joyini ko‘rsatadi.
Pochta almashinuvi jadvalda belgilangan to‘xtash vaqtida amalga oshirilishi kerak. Pochtaning tayyor emaslik sabablariga ko‘ra poyezdlarning ushlanib qolishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Kechikib kelgan pochta tashiladigan poyezdlarning to‘xtab turish vaqti qisqartirilganida bu to‘g‘risida poyezd boshlig‘i pochta vagoni boshlig‘ini, bekat bo‘yicha navbatchi esa – bekatda pochta almashinuvini amalga oshiruvchi shaxsni xabardor qilishi shart. Bunda kechikishni (ushlanib qolishni) bartaraf qilish maqsadida bekat bo‘yicha navbatchi ushbu poyezdning qisqargan to‘xtab turish vaqtini ko‘rsatishi kerak. Poyezdlarning to‘xtab turish vaqtining davomiyligini besh daqiqadan kam vaqtga, shuningdek, grafik bo‘yicha belgilangan to‘xtab turish vaqti besh daqiqadan kam vaqtni tashkil etuvchi har qanday to‘xtab turishlarni qisqartirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Milliy operator va tashuvchi o‘rtasidagi shartnomaga muvofiq, bekat bo‘yicha navbatchilar pochta aloqasi obektlari xodimlarini ularning so‘rovlariga ko‘ra pochta tashuvchi poyezdlarning qatnov vaqtlari to‘g‘risidagi ma'lumot bilan ta'minlaydilar.
Tashuvchiga tegishli bo‘lgan bino va inshootlarni ijaraga olish, pochta vagonlarini ta'mirlash, ularni yuklash va tushirishga berish muddatlari hamda temir yo‘llarda pochta vagonlariga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha boshqa masalalar qo‘shimcha shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Pochta vagonlarida tarqatish uchun qabul qilingan pochta Umumjahon pochta ittifoqining aktlariga va pochta aloqasi sohasida amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq tashiladi.
Pochta vagonlarida pochta aloqasining obektlari faoliyatiga taalluqli bo‘lmagan yukni faqat milliy operator ruxsati bilan tashishga yo‘l qo‘yiladi.
Pochta, poyezd bekatga kelguniga qadar kamida o‘n daqiqa oldin, pochta aloqasi xodimlari tomonidan pochta vagonining to‘xtash joyiga yetkazib berilishi kerak.
Tavsiya etamiz
Boylar davrasi: dunyo milliarderlari Tramp inauguratsiyasida yig‘ildi
Jahon | 22:19 / 21.01.2025
Qo‘li kesilgan 2 oylik chaqaloq: uning yaqinlari shifokorlardan norozi
Jamiyat | 14:20 / 21.01.2025
100 dollarlik banknotaning eskisidan voz kechilyaptimi?
Iqtisodiyot | 11:05 / 21.01.2025
APLdagi ilk o‘zbek. Husanovning transferi haqida asosiy gaplar
Sport | 09:16 / 21.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
BMT bosh kotibi 2025 yildagi asosiy tahdidlarni sanadi
Jahon | 21:11 / 22.01.2025
-
G‘arbiy sohildagi qotilliklar, Isroil harbiylari iste’fosi va NATOdan madad kutayotgan Zelenskiy - kun dayjesti
Jahon | 12:28
-
Toshkentda kuchli dorilar savdosi bilan shug‘ullanuvchi guruh fosh etildi
Jamiyat | 12:20
-
O‘zbekiston hukumati a’zolari Donald Trampning inauguratsiyasini AQSh elchixonasida kuzatdi
O‘zbekiston | 12:04
Mavzuga oid
21:36 / 30.12.2024
Xitoy eng tez tijorat poyezdini taqdim etdi
17:01 / 09.12.2024
Qirg‘iz hukumati «Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temir yo‘li qurilishi uchun yer ajratdi
20:59 / 26.11.2024
Prezidentga transport sohasidagi transformatsiya jarayonlari taqdim etildi
21:11 / 11.11.2024