Jahon | 20:03 / 23.04.2020
9169
1 daqiqa o‘qiladi

Eron mamlakat xavfsizligiga tahdid soladigan AQSh kemalariga hujum qilishga tayyorligini bildirdi

Eron qurolli kuchlari mamlakat xavfsizligiga tahdid soladigan AQSh kemalariga hujum qiladi. Bu haqda Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi qo‘mondoni Husayn Salomiy ma'lum qildi.

Foto: AP

«Har bir qadamga tezkor va keskin javob qaytariladi. Amerikaliklar ilgari ham bizning harakatlarimizni o‘zlarida sinab ko‘rishgan», - dedi Salomiy.

U AQSh prezidenti Donald Trampning bayonotiga ana shunday javob qaytardi. 

Chorshanba kuni Amerika rahbari AQSh kemalarini ta'qib qiluvchi Eron kemalarini yo‘q qilishga buyruq berganini aytgandi.  

15 aprel kuni AQSh harbiy-dengiz kuchlari beshinchi floti matbuot xizmati Eron harbiy katerlari Fors ko‘rfazida Amerika jangovar kemalari yaqinida xavfli manyovrlarni amalga oshirganini xabar qilgandi. Xabarda qayd etilishicha, Eron katerlari AQSh kemalariga 9 metr masofagacha yaqinlashgan. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid