Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koronavirus bilan kasallanish holatlari soni o‘zgarishsiz qoldi
Davlat bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekov 23 aprel kuni soat 10:00 da «O‘zbekiston 24» telekanalida efirga uzatilgan chiqishida O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 1716 nafar holida saqlanib qolayotganini ma'lum qildi.
Ma'lum qilinishicha, hozirda Toshkentdagi uchta tibbiyot muassasasida 318 kishi davolanmoqda, ulardan 76 nafarida klinik pnevmoniya belgilari mavjud.
Jumladan, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 84 bemor davolanmoqda, ularning 29 nafarida pnevmoniya klinik belgilari kuzatilyapti, 3 nafarining ahvoli og‘ir, 1 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir, deb baholanmoqda.
Epidemiologiya-mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish institutida davolanayotgan 82 nafar bemordan 2 nafarining ahvoli og‘irligicha qolmoqda.
Shuningdek, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida davolanayotgan 152 nafar bemordan 45 nafarida pnevmoniya klinik belgilari kuzatilyapti, 6 nafar bemorning ahvoli og‘ir, ulardan ikki nafarining ahvoli o‘ta og‘ir.
- O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanishning ilk holati 15 mart kuni Toshkentda tasdiqlangandi. O‘tgan vaqt mobaynida virus butun respublika hududi bo‘ylab tarqaldi.
- 22 aprel kuni zararlanish holatlari soni 38taga oshgan va jami holatlar soni 1716taga yetgandi. Shu vaqtgacha 450 kishi kasallikdan sog‘aydi, 7 kishi vafot etdi.
Mavzuga oid
08:35 / 13.05.2026
Sanepidqo‘m: O‘zbekistonda hantavirus bo‘yicha vaziyat barqaror
21:04 / 24.02.2026
2025 yilda respublika bo‘yicha 44 ta holatda ovqatdan zaharlanish qayd etildi – Sanepidqo‘mita
13:28 / 10.02.2026
SSV «koronavirusga qarshi vaksina olganlar hayoti xavf ostidaligi» haqidagi xabarga munosabat bildirdi
18:50 / 27.01.2026