O‘zbekiston | 15:47 / 23.04.2020
18964
2 daqiqa o‘qiladi

Moskvadan Toshkentga 155 nafar o‘zbekistonlik olib kelindi

Ushbu reys Rossiya tomonining tashabbusi bilan amalga oshirildi. Unda deportatsiya qilinishi kerak bo‘lgan va chet el fuqarolarini vaqtincha ushlab turish markazida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari olib kelindi.

Foto: RIA Novosti

22 aprel kuni «Uralskiye avialinii» aviakompaniyasi 155 nafar O‘zbekiston fuqarosini Moskvadan Toshkentga olib keldi, deb xabar berdi Rossiya transport vazirligi.

Ushbu reys Rossiya tomonining tashabbusi bilan amalga oshirildi. Unda deportatsiya qilinishi kerak bo‘lgan va chet el fuqarolarini vaqtincha ushlab turish markazida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari olib kelindi.

Aviakompaniya Toshkentdan Moskvaga 48 kishini olib ketgan, ulardan 18 nafari Belarus fuqarolaridir.

Avvalroq 15 aprel kuni «Uralskiye avialinii» aviakompaniyasi O‘zbekiston fuqarolarini Yekaterinburgdan Toshkentga olib borish uchun maxsus reysni amalga oshirgani xabar qilingandi.

Avvalroq Tashqi ishlar vazirligi Respublika maxsus komissiyasi hamyurtlarimizni xorijdan olib kelish uchun charter reyslarini tashkil etish to‘g‘risida alohida qaror qabul qilishini hamda  charter reyslarining sanasi va yo‘nalishlari to‘g‘risidagi ma'lumot rasmiy internet-manbalar orqali qo‘shimcha ravishda tarqatilishini ma'lum qilgan edi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid