Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chexiya sudi hukumatning koronavirusga qarshi choralarini noqonuniy deb topdi
Andrey Babish hukumati 27 aprelgacha tegishli qonunbuzilishlarni to‘g‘rilashi shart, dedi sud vakili dpa agentligiga bergan intervyusida. Shundan keyingina choralar qonuniy kuchga kirgan deb hisoblanadi, dedi u.
Foto: Gabriel Kuchta / Getty Images
Praga sudi Chexiya hukumatining koronavirus tarqalishiga qarshi kurash doirasidagi choralarini noqonuniy deb topdi. Cheklov choralari sog‘liqni saqlash vazirligining favqulodda farmoyishlari sifatida emas, balki favqulodda holat doirasidagi harakatlar to‘g‘risidagi qonun sifatida qabul qilinishi kerak edi, dedi sudyalar.
Gap xususan, aholi karantini va do‘konlarning yopilishi to‘g‘risida bormoqda. Andrey Babish hukumati 27 aprelgacha tegishli qonunbuzilishlarni to‘g‘rilashi shart, dedi sud vakili dpa agentligiga bergan intervyusida. Shundan keyingina choralar qonuniy kuchga kirgan deb hisoblanadi, dedi u.
Sud shuningdek, alohida idoralar bunday miqyosdagi qarorlarni qabul qilish vakolatiga ega emasligini va hattoki hozirgi holatda ham huquqiy davlat me'yorlariga amal qilinishi kerakligini ta'kidladi.
Sud qarori hukumat buyruqlarini noqonuniy deb hisoblagan advokat va sog‘liqni saqlash sohasidagi huquq bo‘yicha ekspert da'vosi bilan qabul qilindi.
Chexiyada koronavirusga chalinish holatlari 7 mingdan oshdi, 210 kishi vafot etdi.
Mavzuga oid
20:20 / 01.05.2026
O‘zbekiston Chexiyadan 10 ta elektropoyezd sotib oladi
14:36 / 30.04.2026
O‘zbekiston va Chexiya o‘zaro savdoni 1 mlrd dollarga yetkazishga kelishib oldi
09:15 / 29.04.2026
Chexiya bosh vaziri Andrey Babish O‘zbekistonga keladi
11:09 / 10.03.2026