Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi vasiylik kengaşi raisi Komil Allamjonov Qalampir.uz saytiga bergan onlayn intervyusida koronavirus pandemiyasining OAV sohasiga ta'siri va boşqa qator mavzulardagi savollarga javob berdi.
Komil Allamjonovning fikriça, Covid-19 pandemiyasi bosma naşrlarning tobora yöqola borişini tezlaştiradi.
«Bizning prognozlarimiz böyiça, koronavirus pandemiyasi oqibatida kelib çiqadigan ehtimoliy iqtisodiy inqirozning matbuot sohasiga ham ta'siri katta böladi. Fikrimça, matbuot ham oğir jarayonlar va davrga kirib kelmoqda. Xususan, bosma naşrlarga keladigan bölsak, ularning kelajagini körmayapman. Aslida, bu inqirozlar boşlanmaganida ham, gazetalar – allaqaçon ötmiş mahsuloti.
Bir vaqtlar CD-disklarni işlab çiqariş bilan qiziqib körgan edim. Şunda bir tanişim «bunaqa zavodlarni oçişdan ma'no yöq, çunki informatsiya taşiş uçun odamlar fleşkalardan foydalana boşlaşmoqda, vaqti kelib CD-disklar yöqoladi», degan edi.
Xuddi şu tarzda, internet paydo bölib, uning qamrovi kengaya borganidan söng, bosma ommaviy axborot vositalariga bölgan talab kundan kunga kamayib bormoqda.
Albatta, bu gaplar naşrlarda faoliyat yuritayotgan hamkasblarimizga oğir botişi yoki ularning dilini oğritib qöyişi mumkin, buning uçun uzr sörayman. Lekin hozir haqiqatni töğri prognoz qilib, töğri moslaşa oliş juda ham muhim. Hozir men dard ertaga qanday oqibatlarga olib kelişini köra-bila turib, uni bekitadigan şifokorga öxşagim kelmayapti. Gazetaning umri qisqa. Mumtoz jurnalistikamiz vakillari meni ayblaşsa ham, haqiqatdan yuz ögira olmaymiz.
Masalan, men deyarli gazeta öqimayman, oxirgi marta qaçon öqiganimni ham eslay olmayman. Hattoki televizor ham körmaydigan bölib ketdim. Hamma informatsiyalarni gadjetlarim orqali olaman.
Xorijdagi qoğozga çop etiş uskunalari işlab çiqaradigan maşhur korxonalar ham gazeta bosuvçi stanoklarni sekin-sekin işlab çiqarişdan oliş harakatini boşlangan. Germaniyada Heidelberg kompaniyasida böldik, ularning taxminiga köra ham gazeta yaqin kelajakda yöqlikka yuz tutadi. Bunda tahririyat yöq bölib ketişi nazarda tutilmayapti, gazetaning qoğoz körinişi bölmaydi.
Xöp, gazeta tahririyatlari oğir ahvolda. Ularga qanday yordam beriş mumkin, degan savollar tuşadi. Qanday yordam beriş mumkin?! Fuqarolarimizda tekinga internetdan yoki kioskka çiqib gazeta xarid qilib informatsiya oliş imkoni bor edi. Pandemiya butun dunyoda onlayn matbuot, raqamlaştirişni yangi bosqiçga kötardi.














