Tahlilçilar Özbekistondagi matbuot erkinligi böyiça «vaziyat murakkab»ligini qayd etgan. Şu bilan birga, mamlakat 2019 yil bilan soliştirganda 4 poğonaga, 2017 yil bilan taqqoslaganda 13 poğonaga yuqorilaşga erişgan.
«Çegara bilmas muxbirlar» Özbekistonda hibsdagi jurnalistlar ozodlikka çiqarilgani, önlab yillar davomida bloklangan saytlardan taqiq olingani, OAVni röyxatdan ötkaziş soddalaştirilgani, siyosiy kontentdagi töğridan töğri translatsiyalar yölga qöyilgani, ba'zi jurnalistlar korrupsiya va majburiy mehnat kabi nozik mavzularni ham kötarib çiqayotganini e'tirof etgan.
«Şunga qaramay, eng yuqori darajadagi hukumat vakillarini tanqid qiliş hali şakllanmagan. Hokimiyatdagilar OAVga tösiq böluvçi ayrim qonunlarni isloh qilişga şoşilmayapti. Kuzatuvlar, taşqi va içki senzura haligaça mavjud, OAV ustidan sezilarli nazorat saqlanib qolmoqda. Blogerlarga tahdid qilinmoqda, ular hibsga olinyapti.
Özbekiston xorijlik, şuningdek siyosiy vaj bilan mamlakatga kiritilmay kelgan jurnalistlarga öz eşiklarini qayta oçdi, ammo ba'zi xorijiy jurnalistlar va ommaviy axborot vositalarining akkreditatsiya olişi oson bölgani yöq.
Siyosiy plyuralizm va adolatni ta'minlamay turib, matbuot erkinligini töliq tiklaş qiyin böladi. Özbekiston hali uzoq yölni bosib ötişi lozim», deyiladi xalqaro taşkilot munosabatida.
Ma'lumot uçun, Özbekiston 2013-2019 yillar davomida «Çegara bilmas muxbirlar»ning matbuot indeksida 160-169-poğonalar oraliğida qayd etib kelingan.
2020 yilda mamlakat ilk marta Qozoğistonni ortda qoldirdi:
82. Qirğiziston
156. Özbekiston
157. Qozoğiston
161. Tojikiston
179. Turkmaniston

Indeksni bir neça yillardan beri Norvegiya boşqarib kelmoqda. Undan keyingi örinlarni Finlyandiya, Daniya, Şvetsiya va Niderlandiya band qilgan.
AQŞ 45-, Yaponiya 66-, Ukraina 96-, Rossiya 149-, Belarus 153-, Turkiya 154-, Xitoy 177-örinda qayd etilgan.













