Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy Saudiya Arabistoniga koronavirusga 9 mlnta test yetkazib beradi
Saudiya Arabistoni va Xitoy koronavirusga testlar va boshqa tibbiy qurilmalar yetkazib berish bo‘yicha 265 mln dollarlik kelishuv tuzdi.
Bu haqda SPA axborot agentligi xabar berdi. Kelishuvga ko‘ra, Xitoy Saudiya Arabistoniga 9 mlnta test yetkazib beradi.
Podshohlik bungacha AQSh, Shveytsariya va Janubiy Koreyadan umumiy hisobda 14,5 mlnta test sotib olgan.
Ayni vaqtda dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 3 mlnga yaqinlashib qoldi, undan 206 mingdan ko‘proq kishi vafot etgan, 880 ming kishi sog‘ayib ketgan. Jumladan, Saudiya Arabistonida kasallanganlar soni 17522 nafarni, vafot etganlar soni 139 nafarni tashkil qilmoqda.
Mavzuga oid
22:15 / 09.06.2026
Xitoyda ilk marta odamga cho‘chqaning ikkita buyragi va jigari muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazildi
21:33 / 09.06.2026
Xitoyning o‘nlab kompaniyalari Pentagonning qora ro‘yxatiga kiritildi
20:27 / 09.06.2026
Si Jinping Pxenyanda: Xitoy va KXDR munosabatlarni «yangi cho‘qqilar»ga olib chiqmoqda
21:17 / 07.06.2026