Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada sentyabrgacha ommaviy tadbirlar o‘tkazilmaydi
Fransiyada koronavirus tarqalishi sababli 17 martda aholi harakatlanishiga nisbatan qat'iy cheklovlar kiritilgandi.
Fransiyada 5 mingdan ortiq kishi qatnashadigan ommaviy tadbirlar sentyabrgacha o‘tkazilmaydi. bu haqda mamlakat bosh vaziri Eduar Filipp ma'lum qildi.
"Yirik sport, madaniyat tadbirlari, xususan festivallar, salonlar, 5 mingdan ortiq kishi qatnashadigan barcha tadbirlar haqida prefekturaga ariza berilishi va ular o‘tkazilishidan ancha avval tashkillashtirilishi lozim. Tadbirlar sentyabrga qadar o‘tkazilmaydi", - dedi Filipp.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 11 maydan boshlab jamoat joylaridan o‘ndan ortiq kishi to‘planishi cheklanadi.
Hukumat rahbari ibodat maskanlari ochiq qolishini aytib o‘tdi.
Fransiyada koronavirus tarqalishi sababli 17 martda aholi harakatlanishiga nisbatan qat'iy cheklovlar kiritilgandi.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakatda 128 mingdan ortiq kishi koronavirusga chalingan, 23,2 mingdan ortiq kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
10:40 / 09.06.2026
Yevropaning yangi avlod jangovar samolyoti loyihasi to‘xtatildi
08:50 / 08.06.2026
SIPRI: dunyoda yadroviy qurollar soni yana o‘sishi mumkin
20:14 / 31.05.2026
Fransiyada ozdiruvchi dori sotib olganlarning xarajatlari qoplab beriladi
08:59 / 28.05.2026